Foto: «Domashniy Ochag»
Ko‘rishning ravshanligi bilan bog‘liq muammolar bo‘lmaydigan bo‘lsa, ratsionga o‘zgartirish va qo‘shimcha vitaminlar ichishni boshlash kerak. Bundan tashqari kompyuter va telefondan ortiqcha foydalanmaslik orada 15 daqiqa dam olishga odatlaning. Vitaminli komplekslar va biologik faol qo‘shimchalarni bir yilda bir necha marta 2-3 oy tanaffus bilan qabul qilish kerak.
Ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydigan vitaminlar
Vitaminlar va biologik faol qo‘shimchalar quyidagi komponentlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Retinol (A vitamin) – ushbu moddaning yetishmasligi ko‘rish qobiliyatini susayishiga sabab bo‘ladi. Ko‘z yoshi bezlarining normal faoliyatini ta’minlaydi, ko‘z kasalliklarining oldini oladi.
C vitamini – ko‘z qon-tomirlarini mustahkamlaydi, to‘qimalarni yetarlicha oziqlanishini ta’minlaydi.
B guruhi vitaminlari – ko‘zning moddalar almashinuvini yaxshilaydi va ko‘rish impulsining shakllanishiga ta’sir qiladi.
Tokoferol (ko‘z uchun E vitamini) – ko‘zni ultrabinafsha nurlari va boshqa zararlanishlardan saqlaydigan antioksidant, membranaga ham ijobiy ta’sir qiladi.
Karotinoidlar
Lyuteinli, likopin va zeaksantinli ko‘z vitaminlariga e’tibor qarating. Ushbu moddalar ko‘rish apparatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan kuchli antioksidant hisoblanadi.
Mikroelementlar (rux, mis, xrom va selen)
Ushbu mikroelementlar ko‘z to‘qimalarini yangilanishini tezlashtiradi va shuning evaziga ko‘rish qobiliyati yaxshilanadi. Shuningdek, qorag‘at ham ko‘rish qobiliyati, to‘qimalar yangilanishiga ta’sir qiladi. Ko‘z uchun vitamin tanlayotganda turli kompleks va BFQ (biologik faol qo‘shimchalar) tarkibida qancha faol moddalar borligiga e’tibor qarating. Aksari mashhur vositalar tarkibida muhim komponentlarning yetarli emasligi sabab ta’siri unchalik bo‘lmasligi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Kiyev: Rossiya qo‘shinlari asirga olingan yana besh ukrainalikni otib tashladi
Shahram G‘iyosovning Eymantas Stanionisga qarshi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi