Foto: Harper’s Bazaar
Oqsil, vitamin, mineral va foydali yog‘larga boy bo‘lgan tuxum deyarli barcha foydali mahsulotlar ro‘yxatidan o‘rin oladi. Ammo parhezshunoslarning ma’lum qilishicha, noto‘g‘ri pishirilgan tuxum organizmga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Tuxumning foydali bo‘lishiga bir necha omillar ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, suv yoki pechda uzoq vaqt davomida pishirish uning tarkibidagi aminokislotalarning organizmga yaxshi singishiga yordam beradi. Shu bilan birga, uzoq tayyorlash jarayonida tarkibidagi boshqa foydali moddalar parchalanib ketishi mumkin.
Uzoq qaynatilganda, qovurilganda yoki pechda pishirilganda tuxumdagi vitamin, mineral va antioksidantlar 12 foizdan 61 foizgacha parchalanadi. Shu sabab ham tuxumni baland olovda tez muddat ichida pishirish kerak. Ammo bunda xolesterinning intensiv oksidlanishi oqibatida yurak qon-tomir tizimiga zarar yetishi mumkin.
Mutaxassislar tuxumni ikki tomoni bilan qovurishni hamda tuxumli pashot tayyorlashni tavsiya qiladi. Ushbu oddiy usullar yuqori darajadagi harorat va uzoq termik ishlovni talab etmagani sabab ham foydali. Omlet yeyishni yoqtiradiganlarga esa sut, qaymoq va boshqa sut mahsulotlari qo‘shmaslik tavsiya qilinadi.
Buning o‘rniga tayyorlanish jarayonida yo‘qotilgan vitamin va antioksidantlar o‘rnini bosish xususiyatiga ega sabzavotlardan foydalangan yaxshi. Tuxumni quruq tovada yoki yog‘da (zaytun, kokos yog‘i) pishiring. Ushbu yog‘lar oksidlanmagani sabab yurakka ortiqcha zo‘riqish bo‘lmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
Tramp jamoasi Kim Chen In bilan muzokaralarni muhokama qilmoqda
O‘zbekiston Respublikasining yangi mudofaa vaziri tayinlandi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi