16:30 / 24.01.2021
2 313

Biz o‘z tanamizga qanday ta’sir ko‘rsata olamiz?

Biz o‘z tanamizga qanday ta’sir ko‘rsata olamiz?
1. Sen meni qanday tasavvur qilayotgan bo‘lsang, men shundayman, deydi tanamiz bizga. Iltimos, meni chiroyli deb tasavvur qilgin, men shunday bo‘laman deydi tanamiz.

2. Sen kasalliklar haqida o‘ylaganingda va mendan shu kasalliklarni qidirganingda, men sening o‘ylaringga moslashishimga to‘g‘ri keladi (SЕN NIMANI O‘YLASANG SHUNI BЕRAMAN DЕYDI TANANGIZ) va shu kasalliklar bilan kasallanishni boshlayman deyapti tanangiz.

3. Senda NЕGATIV holatni, emotsiyalarni qo‘zg‘atuvchi xayollarga ko‘p vaqt ajratsang, men ham kasal bo‘la boshlayman, chunki qimmatbaho hayotiy kuch mana shu salbiy xayollarga ketib qoladi deydi tanangiz.

4. Sen QUVONCH o‘yg‘otuvchi xayollarga berilsang, men ham yashnab ketaman va ko‘z o‘ngingda yosharaman deydi tanangiz.

5. Mening imkoniyatlarim va zaxiralarim juda ko‘p, sen faqatgina menga ISHON, men qayta ishlashga, sarf bo‘lgan a’zolarni tiklashga qodirman. Men hattoki shifokorlaring tuzalmaydigan kasal deb tashxis qo‘yganda ham tuzalib ketishim mumkin, faqatgina sen menga o‘zingni ishonching va istaging bilan yordam bergin.

6. Men shunday yaratilganmanki, ming yildan ortiq faoliyat ko‘rsatishim mumkin, lekin nimaga sen 35-40 yoshingdan qarilik haqida o‘ylaysan?
Sen o‘zingni qarilik haqidagi xayollaring bilan meni qaritasan, chunki sizlarning jamiyatingizda yosh - bu hayot chegarasi.

7. Biron narsa yemoqchi bo‘lganingda juda bo‘lmaganda gohida mendan ham so‘ra, menga nima kerak ekan. Sen meni eshitishni o‘rgansang, men har doim senga javob beraman. Bu ikkalamizga ham foyda bo‘ladi.

8. Yana bir bora GO‘ZALLIK haqida gapirmoqchiman. Menga hadeb turli tuman tabletkalar-u, selikonlar, botokslar-u, akrillar, gellar-u turli tuman narsalarni tiqishtiraverma. Shularsiz ham men chiroyli bo‘la olaman, menga faqatgina yordam berib yubor, men mamnuniyat bilan sen o‘ylagan qomatga ega bo‘laman.

9. Men judayam toza havoda sayr qilishni, suzishni, yugurishni, raqsga tushishni yaxshi ko‘raman. Massaj va senga xursandchilik keltiradigan mashg‘ulotlar ham yoqadi. Kuni bilan televizor, kompyuter oldida o‘tirish unchalik yoqmaydi.

10. Men senga juda ishonaman, agarda bir burda tort yeb, sen semiraman deb o‘ylasang, men seni fikring bilan semiraman.

11. Men seni juda yaxshi ko‘raman. Sendan doimo menga nisbatan rahmatlar va minnatdorlik so‘zlarini eshitgim keladi. Lekin sen bunday qilmasang ham, men shak-shubhasiz seni baribir yaxshi ko‘raman.

Men sening TANANGMAN, sening BORLIGING. Va Sen bor dunyoning bir qismisan.

Shunday ekanligiga SHUKR! Meni eshitganing uchun RAHMAT!

RAHMAT Senga, Sen istaganing uchun Men borman! Sen meni qanday ko‘rinishda bo‘lishimni xohlagan bo‘lsang, men shundayman deydi TANANGIZ.

Shunday ekan azizlarim úz tanamizga salbiy fikrlarni joylashtirmaslikka harakat qilaylik.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Biz o‘z tanamizga qanday ta’sir ko‘rsata olamiz?