15:37 / 26.01.2021
2 297

Tish og‘rig‘i, allergiya va choy da’vo bo‘ladigan yana uchta kasallik

Tish og‘rig‘i, allergiya va choy da’vo bo‘ladigan yana uchta kasallik
Foto: Google Photos
Barcha kasalliklarning tabiiy yo‘l bilan davolash usullari mavjud. Choy ham foydali xususiyatlari bilan o‘nlab kasalliklarga davo bo‘lishi isbotlangan. Asosiysi, uy sharoitida, oson yo‘l bilan bu usuldan foydalanish mumkin. Quyida choy shifo bo‘la oladigan kasalliklar bilan tanishamiz.

Tirnalgan va shilingan joylar uchun
Qora choy tarkibidagi taninlar, antioksidantlar va boshqa moddalar nafaqat mazali va tetiklantiruvchi, balki foydali va davolovchi xususiyatlarga ham ega. Tanangizning zararlangan qismiga choy barglarini siqib qo‘ying, natijada shishish kamroq bo‘ladi, qon to‘xtaydi va og‘riq kamayadi.

Oyoqlarning terlashi
Oddiy qora choy oyoqlarning terlashiga qarshi uy sharoitidagi eng oddiy va samarali usul hisoblanadi. Tanin kislotasi bakteriyalarni o‘ldiradi, shu bilan terlashning oldini oladi yoki kamaytiradi. Demak, 10 daqiqalik choyli vanna bilan barcha muammolaringiz hal!

Milklardagi qon ketishi va yallig‘lanish
Xuddi shu tanin kislotalari milklardagi qon ketishini to‘xtatishga va yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradi. Ishlatilgan sovuq choy paketlarini milklaringizga joylashtiring va 10–20 daqiqaga qoldiring. Bundan tashqari, og‘zingizni choy bilan chayishingiz mumkin, bu yallig‘lanishning oldini oladi, og‘iz bo‘shlig‘ini bakteriyalardan tozalashga ham yordam beradi.

Kon’yunktivit
Ko‘zlaringizda qizarish, qichishish, yallig‘lanish holatlari kuzatilyaptimi? Choy barglari sizga bu masalada yordam beradi. Ularni 10–15 daqiqa ko‘z qovoqlaringizga qo‘ying va darhol foydasini sezasiz. Ushbu muolajani bir kunda 3–4 marta takrorlang.

Foto: Google Photos

Allergiya
Kuniga bir necha stakan choy ichish allergiya alomatlarining kamayishiga yordam beradi. Choy tarkibidagi yallig‘lanishdan himoya qiluvchi foydali moddalar sababli allergiyaning namoyon bo‘lishi kamayadi.

Diareya
Qora choydagi taninlar diareyada ham juda foydali hisoblanadi. Lekin bu holatda tarkibida kofein mavjud choy ichish mumkin emas. Chunki kofein tanani suvsizlantiradi, bu esa diareya kasalligida tavsiya etilmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tish og‘rig‘i, allergiya va choy da’vo bo‘ladigan yana uchta kasallik