10:43 / 28.01.2021
1 863

Nonushta uchun eng foydali bo‘tqa qaysi?

Nonushta uchun eng foydali bo‘tqa qaysi?
Foto: Freepik
JSST mutaxassislari va parhezshunoslari bo‘tqalarning foydali yoki yo‘qligi haqida turli fikr bildiradi. Ulardan ayrimlari ushbu mahsulotning ortiqcha uglevod koni ekanligini ta’kidlasa, qolganlar foydasi bisyor ekanini ma’lum qiladi. Fan esa faqat bir shart bilan ikkinchi qarashni ma’qullaydi: bo‘tqa darhaqiqat foydali, faqat buning uchun yormalar butun va kam miqdorda qayta ishlangan bo‘lishi kerak. Bo‘tqalar organizm uchun muhim bo‘lgan va ochlik hissini qondiradigan vitamin, mineral va sekin singadigan uglevodlarning koni sanaladi.

Qanday bo‘tqa eng foydali?
Mutaxassislar bir ovozdan grechkaning salomatlik va organizm uchun koni foyda ekanini ta’kidlaydi. Unda oshqozon-ichak trakti uchun foydali bo‘lgan, shuningdek, uzoq vaqt davomida qorinni to‘q tutish xususiyatiga ega bo‘lgan kletchatka limmo-lim bo‘ladi. Shu sabab ham nonushtani bir tarelka grechka bilan qilgandan keyin uzoq vaqt davomida ochlik nimaligi bilinmaydi. Qolaversa, grechka tarkibida o‘simlik oqsili ko‘p bo‘lgan mahsulotlar orasida rekordsmen sanaladi. Undagi oqsilning sifatli ekani sabab ham sportchilar, vegaterianlar ushbu mahsulotni kanda qilmaydi.

Foto: Harper’s Bazaar
Grechka boshqa yormalarga nisbatan minerallarga boyroq sanaladi. Unda marganets, mis, magniy, temir hamda fosfor serob. Ushbu minerallar organizmdagi barcha a’zolarning faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Temir va mis yurak-salomatligi, magniy asab tizimi va kognitiv qobiliyatlar, fosfor va marganets esa moddalar almashinuvi, to‘qimalar regeneratsiyasi uchun ahamiyatli.

Shuningdek, grechkada hujayralarni shikastlanishdan himoya qiladigan, yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanishini oldini oladigan, qolaversa qarish jarayonini sekinlashtirib, teri ahvolini yaxshilaydigan antioksidantlar ham yetarli miqdorda mujassam. Shunga qaramay, faqat grechka iste’mol qilish bilan cheklanish kerak emas. Ratsionning balansda va xilma-xil bo‘lishiga e’tibor qaratish kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nonushta uchun eng foydali bo‘tqa qaysi?