22:55 / 06.02.2021
2 299

Og‘ir mashqlarsiz vazn yo‘qotish yo‘li aytildi

Og‘ir mashqlarsiz vazn yo‘qotish yo‘li aytildi
Foto: RIA Novosti
Amerikalik diyetolog Reychel Pol (Rachel Paul) og‘ir mashqlarsiz qanday ozish mumkingini aytdi. Bu haqda NDTV xabar bermoqda.

Vazinni tezroq yo‘qotish uchun kuchli mashqlar bajarish hammaga ham yoqavermaydi. Mutaxassisning fikriga ko‘ra, o‘zingizni qiynashingiz shart emas. Uning o‘rniga o‘zingizga yoqqan jismoniy mashqlar turini tanlaganingiz yaxshi. Garchi bunday holda maqsadga erishish uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘lsa-da, ammo ertami-kechmi unga erishiladi. Samarali, ammo yoqimsiz mashqlar bilan bunday kafolat yo‘q. Aksincha vazn yo‘qotish uchun kuchli charchoq va bezib qolish maqsaddan ortga qaytaradi, ozishga imkon bo‘lmaydi.

Taomnomani tanlashda Reychel Pol oqsil va yog‘ga boy ovqatlarni tanlash va ularni sabzavot bilan iste’mol qilishni maslahat beradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, oqsil va yog‘lar taomning to‘yimliligi uchun zarur, sabzavotlar esa organizmni ozuqa bilan ta’minlaydi. Mutaxassis, shuningdek, vazn yo‘qotishda uyqu va ruhiy salomatlik haqida qayg‘urish kerak, deb hisoblaydi. Busiz vazn yo‘qotib bo‘lmaydi – na kuch, na motivatsiya yetishadi.

Avvalroq diyetolog Lola Biggs bayram ziyofatlaridan keyin tezroq vazn yo‘qotish uchun qanday mahsulotlarni iste’mol qilish kerakligini ma’lum qilgandi. Mutaxassis taomnomaga zarchava qo‘shishni va sabzavotlarni muntazam iste’mol qilishni maslahat beragandi. Bundan tashqari, foydali yog‘lar haqida unutmaslik kerak. Shifokor yog‘ kislotalariga boy avakado va baliqning foydasini alohida qayd etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Og‘ir mashqlarsiz vazn yo‘qotish yo‘li aytildi