16:17 / 08.02.2021
2 347

Ta’midan ham nomi ajoyib: «dangasa» chuchvara tayyorlaymiz

Ta’midan ham nomi ajoyib: «dangasa» chuchvara tayyorlaymiz
Foto: Russianfood
Mazkur taom nafaqat nomi, balki ajoyib ko‘rinishi va noodatiy tayyorlanishi bilan ham sizni xayron qoldiradi. Eng muhimi esa vaqtingizni tejaydi.

Kerakli mahsulotlar

Xamir uchun:
un — 450 gr;
tuxum —1 dona;
suv — 200 ml;
o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
tuz — 1 choy qoshiq.

Nachinka uchun:
qiyma — 500 gr;
piyoz — 2 dona;
ziravorlar;
tuz.

Sous uchun:
suv — 1 l;
sabzi — 1 dona;
sariyog‘ — 1 osh qoshiq;
tomat pastasi — 2-3 osh qoshiq;
lavr yaprog‘i — 1-2 dona;
ko‘katlar;
tuz.

Tayyorlanish jarayoni
Suvga tuxum, o‘simlik yog‘i va tuz solib aralashtiring.
Keyin un qo‘shib, yumshoq xamir qoring.
Xamirni plyonka bilan o‘rab, 20-30 daqiqa tindiring.
Mayda to‘g‘ralgan piyozga qiyma, tuz, ziravorlar qo‘shib, yaxshilab aralashtiring.
Xamirni bir xil kattalikdagi 3 bo‘lakka bo‘lib oling.
Xamir bo‘lagini yupqa qilib yoyib, nachinkani bir tekisda solib chiqing.
Xamirni rulet shaklida o‘rab, chetlarini buking va ruletni bo‘laklarga kesib oling.
Bo‘laklarning chetini barmoqlaringiz bilan bukib chiqing, aturgul shakliga keltiring.
Qolgan xamir bo‘laklarini ham xuddi shunday tayyorlab oling.
Tovaga sariyog‘ solib, xamir bo‘laklarini qizartirib oling.
Qaynagan suvga qirg‘ichdan chiqarilgan sabzi, tuz va tomat pastasini solib, tovaga quying. Lavr yaproqlarini ham solishni unutmang.
«Dangasa» chuchvaralarni past olovda 20-30 daqiqa dimlab pishiring.
Dasturxonga tortish oldidan ko‘katlar bilan bezating.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ta’midan ham nomi ajoyib: «dangasa» chuchvara tayyorlaymiz