20:53 / 11.02.2021
2 921

Piyoz to‘g‘rashda ko‘z yoshdan saqlanish usuli topildi

Piyoz to‘g‘rashda ko‘z yoshdan saqlanish usuli topildi
Foto: «Yandeks Dzen»
Piyoz tozalash va to‘g‘rash jarayonida ko‘z hamda yosh bezlarini bezovta qiladigan moddalarni chiqaradi. Natijada odamning ko‘zlari yoshlanadi. Piyoz to‘g‘rashda ko‘zlar yoshlanmasligi uchun Britaniyaning Express portali bir necha usullarni tavsiya etadi.

Birinchidan, material muallifi piyozni muzlatkichda 30 yoki muzxonada 15 daqiqaga qoldirishni maslahat beradi. Bu mahsulot chiqaradigan uchuvchi moddaning tarqalishini kamaytiradi. Shuningdek, piyozni to‘g‘rashda derazalar ochiq yoki havoni tozalab turuvchi ventilator bo‘lish kerak.

Ikkinchidan, piyozlarni to‘g‘rashda o‘tkir pichoqdan foydalanish kerak. Piyoz qancha kam bo‘laklarga bo‘linsa, uning ko‘zni achishtiruvchi fermentlari shuncha kam ajraladi.

Uchinchidan, piyozni to‘g‘rashdan avval uning uchi olinganidan so‘ng suvga botirish kerak. Ammo bu holatda mahsulotning mazali ta’mi kamayishi xavfi mavjud.

Va nihoyat, piyoz ko‘zlarni yoshlamasligi uchun ko‘zoynakdan foydalanish mumkin. Muallifning so‘zlariga ko‘ra, ushbu usul eng ta’sirchan ko‘z egalari uchun mos keladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Piyoz to‘g‘rashda ko‘z yoshdan saqlanish usuli topildi