
Amerikalik olimlar shokoladning yurak-qon tomir tizimi uchun foydali ekanligini isbotlashdi.
Shokolad va yurak-qon tomir kasalliklari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilish uchun 300 ming kishidan olingan ma’lumotlar tahlil qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, haftasiga kamida bir marta shokolad iste’mol qilgan odamlarda yurak xastaligi xavfi boshqalarnikiga qaraganda 8 foizga kam bo‘ladi.
Mazkur ijobiy natijalar shokolad tarkibida stearin kislotasi, flavonoidlar va polifenollarning mavjudligi bilan izohlandi. Ushbu birikmalarning barchasi yurak faoliyatini kuchaytiradi. Ammo shokoladni haddan ziyod iste’mol qilish semirish va diabetga olib kelishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar