12:30 / 01.04.2021
2 205

Bosh aylanishi: sog‘liq va hayot uchun xavfli bo‘lgan 5 holat

Bosh aylanishi: sog‘liq va hayot uchun xavfli bo‘lgan 5 holat
Foto: Ivona
To‘satdan bosh aylanishi ko‘richak, insult, yurak xuruji va boshqa xavfli kasalliklarning alomati bo‘lishi mumkin.

Ko‘pgina hollarda bosh aylanishi sog‘liq, ayniqsa, hayot uchun xavfli emasdek tuyiladi. Miya va ichki quloq orasidagi aloqaning buzilishi, muvozanatning yo‘qolishi va oyoqning yer ustidan ko‘tarilib ketish hissi paydo bo‘ladi. Bu holat ayrim sabablarga ko‘ra paydo bo‘ladi va juda tez vaqt ichida o‘tib ketadi. Bosh aylanishi shunchaki ro‘y bermaydi, u 80 ga yaqin kasallik alomati bo‘lishi mumkin.

Jismoniy mashqlar vaqtida bosh aylanishi
Odatda jismoniy mashqlar o‘pkaning suvsizlanishi yoki giperventilyatsiyasi tufayli bosh aylanishi bilan kechishi mumkin. Agar muvozanatni yo‘qotish oddiy mashqlar ortidan ham yuzaga kelsa, shuningdek, yetarli miqdorda suyuqlik ichilsa, kardiologga murojaat qilish kerak. Ehtimol, bu yurak qon-tomir kasalliklari rivojlanishi alomati bo‘lishi mumkin.

Tana qismlarining zaifligi, ko‘rish qobiliyatining pasayishi va uyquchanlik
To‘satdan paydo bo‘lgan bosh aylanishi bilan birga uyquchanlik, ko‘rish qobiliyatining pasayishi yoki tananing bir qismida zaiflik kuzatilsa, iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qilish zarur. Chunki bu insultning belgisi ham bo‘lishi mumkin. Ushbu kasallikda shifokorlar bemorga 3—6 soat ichida yordam ko‘rsata olishi kerak. To‘liq tiklanish esa bemorlarning bor-yo‘g‘i 16 foizida qayd etilgan.

Bosh qismdan jarohatlanish
Agar yaqin orada boshni urib olish yoki jarohat olishdan keyin uning aylanishi holati kuzatilayotgan bo‘lsa, darhol shifokor bilan maslahatlashish zarur. Umuman olganda, mazkur belgilar miya chayqalishini ko‘rsatishi mumkin. Vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, o‘lik to‘qimalarda shish rivojlanadi.

O‘rindan turganda bosh aylanishi
O‘rindan turgan zahoti bosh aylanishining yuz berishi − bu tananing suvsizlanganidan darak bo‘lishi mumkin. Agar suyuqlik ichish miqdori me’yorida bo‘lsa, ehtimol, yurak kasalliklarida ham yuqoridagi belgi kuzatiladi. Shuning uchun kardiolog ko‘rigidan o‘tish tavsiya etiladi.

Tez-tez va uzoq muddatli bosh aylanishi
Agar bosh aylanish muddati uzoq davom etsa va takroriyligi ortsa, quloq sohasini tekshirtirish zarur. Ba’zi hollarda bu miya asab tizimi bilan ham bog‘liq bo‘lib, e’tiborsizlik natijasida unga jiddiy zarar yetkazish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bosh aylanishi: sog‘liq va hayot uchun xavfli bo‘lgan 5 holat