21:12 / 09.04.2021
3 793

Oyoq shishishidan qanday xalos bo‘lish mumkin?

Oyoq shishishidan qanday xalos bo‘lish mumkin?
Ko‘pincha oyoqlarning tunda shishib ketishi kuzatiladi. Shuning uchun ham oyoq kiyim tanlashda o‘lcham, sifat va qulaylikka e’tibor qaratish lozim.

Albatta, bunday o‘zgarish tabiiy jarayon emas. Odatda odamlar tananing bu kabi xususiyatiga e’tibor bermaydi, ammo badanda suv yig‘ilib qolishining o‘ziga xos sabablari bor.

Ma’lumki, qon tomirlar bo‘ylab harakat qiladi. Qon oqsillari suvni bog‘laydi va shuning uchun suyuqlik kapillyarlarda saqlanadi. Qon va to‘qimalar o‘rtasidagi metabolik jarayonlar kapillyarlarning eng nozik devorlari orqali sodir bo‘ladi. Ular suyuqlik tomirlarga erkin kira olmasligi uchun mo‘ljallangan. Ammo kapillyarlarda bosim ko‘tarilganda qonning suyuq qismi kapillyarlarning devorlari orqali tashqariga chiqadi. Shunday qilib, shish paydo bo‘ladi.

Ya’ni, oyoqlarda shish paydo bo‘lishining eng keng tarqalgan sababi − kapillyarlardagi bosimning oshishi bilan bog‘liq. Lekin o‘z-o‘zidan bosim ko‘tarilmaydi. Ko‘pincha oyoqlar shishishining dastlabki sababi dumg‘aza suyagining jarohati bo‘lishi mumkin.

Nega oyoqlar shishadi?

Shishlar qonda oqsil miqdorining kamayishi bilan bog‘liq. Bu inson oziqlanishining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi, masalan, oqsil sintezining buzilishi yoki buyraklar orqali oqsilning jiddiy yo‘qotilishi tufayli yuzaga keladi.

Oyoqlarning shishishida uning paydo bo‘lish sabablarini aniqlash juda muhim. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ko‘pincha ichki organlar va tos suyaklari mexanikasining to‘g‘ri holatini tiklashda bemorlar oyoqlari shishib ketadi. Shuning uchun oyoq qismi doimiy shishlarga moyil bo‘lsa, osteopat bilan bog‘lanish va oyoq tomirlarini ultratovush ko‘rigidan o‘tkazish zarur.

Shishlarni massaj qilish

Shish bilan kurashishda tibbiy muolajalardan tashqari, albatta, oyoqlar massajini unutmaslik lozim. Sovuq vannalar va sovuq suv bilan oyoqlarni yuvish ham shishlarga qarshi kurashishga yordam beradi.

Shuningdek, poyabzal kiyishda hamisha qulayini tanlash lozim. Bu eng oddiy tavsiya bo‘lishi tabiiy, balki shuning uchun ham insonlar buni beye’tibor qoldiradi. Qulaylik birinchi o‘ringa qo‘yilsa, salomatlikda ham boshqa muammolar kelib chiqmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oyoq shishishidan qanday xalos bo‘lish mumkin?