22:00 / 10.04.2021
4 302

Ta’miga ta’sir qiladi: Tovuq go‘shtini qovurish jarayonida yo‘l qo‘yiladigan 10 xato

Ta’miga ta’sir qiladi: Tovuq go‘shtini qovurish jarayonida yo‘l qo‘yiladigan 10 xato
Foto: «Domashniy Ochag»
Pishirish jarayonidagi arzimagan kamchilik va xatolar tovuq go‘shtining mazasiga ham ta’sir qilmay qolmaydi.

Bo‘laklarning kattaligi
Go‘sht bo‘lagining usti qizarib pishgan bo‘lsa ham ichi yaxshi pishmay qolishi mumkin. Xom mahsulotni iste’mol qilgandan keyin salomatlikda bir qancha muammolar kuzatiladi.

Butunligicha qovurish
Hech qachon tovuq go‘shtini butunligicha qovura ko‘rmang. Avval ikki, uch bo‘lakka bo‘lib oling. Shunda ichlari bilan bir xil pishadi.

Namlik
Qizib turgan yog‘ga solib qovurishdan avval tovuq usti nam bo‘lmasligiga e’tibor qarating. Haddan ortiq nam go‘sht unga burkalgan taqdirda ham yaxshi qovurilmaydi.

Tovuqni talqon yoki unga ikki karra burkang
Bunda qovurish davomida go‘sht bo‘kib qolgandek pishadi. Bundan qochish uchun quyidagi uslubdan foydalaning:

- ziravorlar qo‘shib aralashtirilgan talqon yoki unni paketga soling;
- bo‘laklarga bo‘lingan tovuq soling;
- paketni yaxshilab yopib, silkiting.

Noto‘g‘ri tanlangan idish
Hatto 100 kishiga tovuq qovurishingiz kerak bo‘lsa ham, uni kastryulka boshqa chuqur idishda pishirmang. Faqatgina tovada qovurish davomida ko‘ngildagidek ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin.

Noto‘g‘ri qovurish
Qizib turgan yog‘ga solganda tovuqni teri bilan qoplangan tarafini pastga qarashiga e’tibor bering.

Noto‘g‘ri harorat
Tovuqni tovaga solishdan avval yog‘ yaxshilab qiziganiga e’tibor qarating. Boshida yog‘ning issiqlik darajasi 180 daraja keyinroq esa 140-150 daraja bo‘lishi kerak.

Birdaniga hammasini solib qovurish
Bo‘laklarga bo‘lingan tovuqni birdaniga emas, alohida-alohida qovurganingiz yaxshi. Orasida joy bo‘lishi ikkinchi tomonini aylantirishning oson bo‘lishiga yordam beradi. Qolaversa, zich terilgan bo‘lsa yog‘ harorati tushib, tovuqdan suyuqlik ajralishadi va qovurilish o‘rniga bo‘kib pishadi.

Tovaning ustini yopmaslik
Qopqog‘i yopilganda yog‘ning harorati bir maromda bo‘ladi va bu go‘shtning ko‘ngildagidek pishishiga hissa qo‘shadi.

Darhol dasturxonga tortish
Pishganidan keyin tovuq bo‘laklarini qog‘oz sochiq ustiga terib, tinishini kuting. Bu ichidagi sharbati teng tarqab, usti sovishi uchun kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ta’miga ta’sir qiladi: Tovuq go‘shtini qovurish jarayonida yo‘l qo‘yiladigan 10 xato