08:00 / 23.04.2021
2 162

Sog‘liqqa zararli bo‘lgan ikki xil ovqatlanish tartibi aniqlandi


Turli mamlakatlar olimlari ba’zi bir oziq-ovqat va parhez rejimlarining yurak-qon tomir kasalliklari va o‘lim xavfi bilan bog‘liqligini isbotlagan keng ko‘lamli tadqiqotlar o‘tkazganlar. Tadqiqot natijalari BMC Medicine jurnalida chop etilgan.

Oksford universiteti olimlari Avstraliya va xitoylik hamkasblari bilan birgalikda Britaniyaning UK Biobank ma’lumotlarini tahlil qilib, atrof-muhit va ovqatlanishning ba’zi kasalliklarning rivojlanishiga ta’sirini o‘rgandilar. Tadqiqot uchun 37 yoshdan 73 yoshgacha bo‘lgan 116 mingdan ortiq Buyuk Britaniya fuqarolari tanlab olindi. Natijada, sog‘liqqa zararli ta’sir ko‘rsatadigan ikkita umumiy ovqatlanish tartibi aniqlandi.

Birinchisiga katta miqdordagi shokolad va qandolat mahsulotlari, oz miqdordagi sabzavot va mevalar bilan sariyog‘ va oq non kiradi. Ushbu ratsion odatda kam ta’minlangan, sport bilan shug‘ullanmaydigan, semirib ketgan yoki qon bosimi bor chekuvchi erkaklarda kuzatilgan. Ushbu toifada, hatto 60 yoshdan oldin ham, yurak-qon tomir kasalliklari va o‘lim xavfi sezilarli darajada yuqori ekan.

Ikkinchi ovqatlanish tartibi shakarli ichimliklar, shokolad va qandolat mahsulotlari, shuningdek shakar, konservalarni ko‘p va oz miqdordagi sariyog‘ va pishloq iste’mol qilishni o‘z ichiga olgan. Ushbu ratsion asosan ayollar uchun xosdir. Ularning ko‘plari chekishmagan va hatto jismoniy faol hayot tarzini olib borishgan bo‘lsa-da, ularda yuqori xolesterin, ortiqcha vazn, gipertoniya va diabet uchragan.

Tadqiqot mualliflarining fikriga ko‘ra, bu natijalar oziq-ovqatga asoslangan parhezni ishlab chiqishda qo‘llaniladi. Shuningdek, kishilarning sog‘lom ovqatlanishiga yordam beradi va shu bilan yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sog‘liqqa zararli bo‘lgan ikki xil ovqatlanish tartibi aniqlandi