Foto: «Domashniy ochag»
Uylarni astoydil va tez-tez tozalash juda yaxshi, faqatgina to‘g‘ri bajarilgan taqdirda. Afsuski, bir nechta oddiy xatolar nafaqat barcha afzalliklarni bekor qilishi, balki sog‘liqqa ham jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun quyida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etishga urinib ko‘rish lozim.
Changni noto‘g‘ri tozalash
Uy changlari allergiya va hatto astma uchun eng keng tarqalgan omillardan biridir. Bundan tashqari, chang zarralari chindan ham zaharli bo‘lishi mumkin. Jorj Vashington universiteti mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tahlil oddiy uy changida gormonal muvozanatni va hatto saratonni keltirib chiqaradigan kimyoviy moddalar zarralarini o‘z ichiga olishi mumkinligini tasdiqladi. Iloji boricha ushbu xavfni bartaraf etish uchun uni muntazam ravishda artib turish kerak. Shuningdek uni to‘g‘ri bajarish ham kerak: yuqoridan pastga, eng baland javonlardan polgacha.
Xushbo‘y tozalagichlardan foydalanish
Shifokorlar hidsiz tozalash vositalarini tanlashni tavsiya etadi. Ko‘pgina hollarda, sun’iy hidlar toksik kimyoviy moddalarni o‘zida yashiradi va migren, astma xurujlari, nafas qisilishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, ko‘zning yoshlanishi va teridagi toshmalarni qo‘zg‘atishi mumkin.
Juda o‘tkir vositalarni ishlatish
Tozalovchi mahsulot qanchalik o‘tkir bo‘lsa, shuncha yaxshi degan fikrga kelish mumkin, ammo bunday emas. Juda o‘tkir kimyoviy mahsulotlar teri yoki ko‘zning kuyishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu turdagi mahsulotlarning hididan nafas olish ham zararli bo‘lishi mumkin va bu o‘pka kasalligini rivojlanish xavfini jiddiy ravishda oshiradi.
Tozalashda oqartgichni ammiak bilan aralashtirish
Tozalash xavfsizligining oltin qoidasi: hech qachon bir vaqtning o‘zida oqartirish vositasi va dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanmaslik zarur. Ular aralashtirilganda juda zaharli bo‘lgan xloramin paydo bo‘lishi mumkin. Xlorli oqartirishdan ko‘ra kislorodli oqartirish afzal.
Tozalash paytida xonani ventilyatsiya qilmaslik
Sog‘liq uchun imkon qadar xavfsiz tozalovchi vositalarni tanlansa ham, ularning xavfli konsentratsiyasi havoda ko‘payadi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun tozalash paytida derazalarni yoki teshiklarni ochiq holda saqlash lozim, shunda havo doimo yangilanadi. Bunga qo‘shimcha ravishda, quyosh nurlarining xonaga to‘siqsiz kirib borishini ta’minlash juda foydali, chunki ultrabinafsha nurlar kuchli antibakterial vosita hisoblanadi.
Turli sirt uchun bir xil shimgich va lattadan foydalanish
Oshxona sirtlari, vanna, changni tozalash va boshqa ishlar uchun har xil shimgichdan foydalanish muhim. Aks holda tozalovchi vositalar xavfli bakteriyalarni ko‘paytirish uchun haqiqiy zamin yaratib berishi mumkin
Tozalash tartibiga rioya qilmaslik
Bolalikdan buyon tozalashni eng mashaqqatli ishdan boshlash kerak bo‘lgan qoidani esladingizmi? Buni unutish kerak. Tozalash asta-sekin ifloslanayotgan joydan boshlanishi kerak. Aks holda faqat xavfli bakteriyalar joydan-joyga ko‘chib yuradi.
Juda shoshilish
Hatto eng kuchli tozalash vositalari ham yaxshi tozalashi uchun vaqt talab etadi. Agar shunchaki mahsulot sepilsa va u darhol yuvib tashlansa, foyda va ta’sirga erishilmaydi. Kirning chindan ham erishi va sirtini dezinfeksiyalash uchun kamida 10-15 daqiqa kutish lozim. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Primorsk o‘lkasi O‘zbekiston bilan turizm sohasida hamkorlikni yanada kengaytirmoqchi
Qirg‘izistonda elektron sigaretalar taqiqlanmoqda
Bryus Lining sirli o‘limi tafsilotlari aniqlandi
Taker Karlson: Zelenskiy o‘z muddatini o‘tab bo‘lgan va hokimiyatda qolishda davom etmoqda
Ukraina elchisi: “Rossiya armiyasi Odessa va Nikolayevni bosib olishiga Turkiya to‘sqinlik qilgan”