
Foto: Lifehacker
Ko‘pchilik gazli ichimliklarni yaxshi ko‘radi-yu, lekin tarkibidagi konservantlar va xushbo‘y moddalar haqida tashvishlanadi. Ushbu retseptni, albatta, uyda sinab ko‘rish mumkin. Ichimlikning ajoyib ta’mi ularni do‘kondan xarid qilishni unutishga undaydi.
Kerakli mahsulotlar:
- jigarrang shakar – 70 gramm;
- suv – 1 litr;
- limon – 1 dona;
- laym – 1 dona;
- apelsin – 2 dona;
- quritilgan apelsin po‘sti – 2 osh qoshiq;
- dolchin – 3 ta tayoq;
- koriandr urug‘lari – 2 choy qoshiq;
- yong‘oq – 1/2 choy qoshiq;
- shakar – 800 gramm;
- vanil – 1 choy qoshiq;
- gazli suv.
1. Jigarrang shakar kichik idishda 7-8 daqiqa davomida o‘rta olovda eritib olinadi.
2. Shakar butunlay erib, rangi to‘qlashib borganda, olov o‘chiriladi.
3. Hosil bo‘lgan issiq karamel 40 gramm suvga quyiladi va sovutishga qo‘yiladi.
4. Mevalar po‘sti mayda qirg‘ichdan o‘tkazilib, sharbati siqib olinadi.
5. Qolgan suvga yangi va quritilgan meva po‘sti, shakar, koriandr, dolchin va yong‘oq solinadi.
6. Shakar to‘liq erimaguncha sirop qaynatishda davom etiladi.
7. Olov o‘chirilgach, siropga sitrus sharbatlari, karamel va vanil ekstrakti qo‘shib, yaxshilab aralashtiriladi.
8. Hosil bo‘lgan aralashma to‘liq sovutiladi va elakdan o‘tkaziladi. Ta’bga ko‘ra gazli suv bilan suyiltiriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar