Bugungi kunda ko‘pchilik insonlar qon bosimining ko‘tarilishidan aziyat chekadilar. Shu bois e’tiboringizga qon bosimini uy sharoitida me’yorda ushlab turishga yordam beruvchi tabiiy mahsulotlar haqida ma’lumot bermoqchimiz.
Kuningizni doimo yangi siqilgan limon yoki greypfrut suvi, toza isitilmagan asal va toza suv aralashmasi bilan boshlang. Kundalik taomnomangizga bodomni ham kiriting. Chunki bodom yurak kasalliklarining oldini olishda yordam beradi. Bodomni iste’mol qilishdan oldin bir necha soat suvda ivitish yanada foydali hisoblanadi.
Doimo yangi bodring yoki bodring suvi iste’mol qilish qon bosimini me’yorga keltirishda katta yordam beradi. Bodring qo‘shib tayyorlangan salatlar ham bundan mustasno emas. Har kuni pishirilmagan bodring, brokkoli va seldrli salat iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Bu salatga yong‘oq yoki urug‘lar qo‘shsangiz juda to‘yimli va foydali ovqatga aylanadi. Salatga sous sifatida sovuq uslubda siqilgan zaytun yog‘i, tabiiy olma sirkasi, mineral suv, biroz asal, biroz zanjabil va murch qo‘shsangiz ham bo‘ladi.
Dolchin va asalni aralashtirib, nonushta payti non bilan yoki iliq choy bilan iste’mol qilib turish ham yurak muammolarini kamaytirishda va infarktning oldini olishda yordam beradi.
Diqqat: qonni suyultiruvchi dorilar iste’mol qilgan paytda dolchin iste’mol qilishda ehtiyot bo‘ling, sababi dolchin ham qonni suyultiradi.Ushbu aralashma qon bosimini tushirishda yordam beradi: 2 osh qoshiq tabiiy asal va 3 choy qoshiq dolchinni 2 stakan suv bilan aralashtirib iching. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi