17:00 / 13.06.2021
2 159

Ishchanlik qobiliyatini bir sutkadan ortiq saqlab qolishning usuli topildi


Foto: Pixabay
Amerikalik tadqiqotchilar uzoq vaqt uyqusiz ishlaydigan insonlarning miya faoliyatini rag‘batlantirib, charchoqni oladigan portativ qurilmani yaratdi. Communications Biology jurnalida keltirilgan relizga ko‘ra, gadjet bo‘yin terisi orqali sayyor nervga elektr tokini yuboradi, deb yozadi «Korrespondent.net».

Mazkur usul noinvaziv elektr neyromodulyatsiya deyiladi. Undan hozirda foydalanilmoqda va so‘nggi vaqtlarda metodika samaradorligi sabab mashhurlikka erishmoqda.

Buning ustida Lindsi Makintayr rahbarligidagi AQSH Harbiy havo kuchlari tadqiqot laboratoriyasining ekspertlari shug‘ullangan bo‘lib, ular sayyor nerv signallarni miya, ovqat hazm qilish tizimi va boshqa bir nechta asosiy organlar o‘rtasida yuborishini aniqlagan. Shu orqali insonning kayfiyati aniqlanadi.

Bundan tashqari, tadqiqotchilarning ma’lum qilishicha, AQSH Harbiy havo kuchlarining 34 soat davomida uxlamagan 40 nafar harbiy xizmatchisi qurilmadan foydalanib, platsebo-impulslarni olganlardan ko‘ra yaxshiroq natijani ko‘rsatgan. Ular hushyorligini 19 soat davomida saqlashga muvaffaq bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ishchanlik qobiliyatini bir sutkadan ortiq saqlab qolishning usuli topildi