14:36 / 22.07.2021
2 607

D vitaminining organizm uchun muhimligining 6 sababi


Foto: “Domashniy ochag”
D vitaminining inson salomatligiga ta’siri qanday ekani haqidagi ma’lumotni e’tiboringizga havola etamiz.

D vitamin kayfiyatni ko‘tarishi mumkin
Toza havoda sayr qilganda kishining kayfiyati ko‘tarilishi bejizga emas. Bunga quyosh nurlarining D vitaminining manbayi ekani sabab bo‘ladi. Gap shundaki, ushbu vitaminning kunlik dozasi tushkunlikni kamaytirib, kayfiyatni ko‘taradi. Tadqiqotlardan birida D vitamini mavsumiy tushkunlikning ham oldini olishi mumkinligi aniqlangan.

Suyaklarni mustahkamlaydi
Olimlar D vitamini yetishmagan odamlarning uni me’yorda qabul qiladiganlarga nisbatan tezroq qarishini aniqlagan. Gap shundaki, D vitaminining yetishmasligi suyaklarning erta qarishiga olib kelishi mumkin. Odatda suyak to‘qimalari mustahkamlanishining yaxshilanishi kalsiy bilan bog‘liq, lekin mazkur vitamin yetarli miqdorda bo‘lmasa, kalsiy organizmga singmaydi. D vitamini yetarli miqdorda qabul qilinmasa, sut va sut mahsulotlarini kanda qilmaslikning foydasi yo‘q.

Immun tizimini himoya qiladi
Mutaxassislarning fikricha, D vitamini immun tizimining faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. O‘z vaqtida shifokorlar ushbu vitamindan sil bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun foydalangan. Bundan tashqari, D vitamini tanqisligi bilan bir qancha respirator, mavsumiy infeksiyalar, shamollash, autoimmun kasalliklar va bakterial infeksiyalar o‘rtasida bog‘liqlik bor.

Miya faoliyati uchun foydali
Yosh o‘tishi bilan kognitiv qobiliyatlar tabiiy ravishda pasayadi. Olimlar esa ayni vaqtda D vitaminining yetishmasligi demensiya bilan bog‘liqligini ta’kidlaydi. 2012-yildagi tadqiqotda o‘tkir yetishmovchiligi bo‘lgan keksa yoshli odamlarda kognitiv qobiliyatlarning pasayish xavfi to‘rt karra ko‘pligi ma’lum bo‘lgan. Yana bir boshqa tadqiqotda D vitamini kam bo‘lgan kishilarning Alsgeymer kasalligi bilan kasallanish ehtimoli ushbu vitamin miqdori yetarli darajada bo‘lganlarga nisbatan 69 foizga ko‘pligi aniqlangan.

Sarvqomat bo‘lishga yordam beradi
Amerikaning “Journal of Clinical Nutrition” jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda organizmda D vitamin zahirasining yetarli miqdorda bo‘lishi ozishga yordam berishi ta’kidlangan. Tadqiqot davomida ikki guruh ayollarga D vitaminli qo‘shimcha yoki platsebo tabletkasi berilgan. 12 oy o‘tganidan keyin birinchi guruhdagi ayollar o‘rtacha 8 kiloga, ikkinchi guruhdagilar esa 5 kiloga ozgan.

Uzoq umr ko‘rishga yordam beradi
D vitamini yetishmovchiligi bilan yurak-qon tomir kasalliklari va saraton sabab kelib chiqishi mumkin bo‘lgan o‘lim ehtimoli o‘rtasida aloqadorlik bor. Aslida saraton turli sabablarga ko‘ra paydo bo‘lishiga qaramay, organizmdagi D vitaminining yetarli miqdorda bo‘lishi xavfni kamaytirishga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » D vitaminining organizm uchun muhimligining 6 sababi