17:08 / 12.08.2021
4 160

Shaftolining salomatlik va yaxshi kayfiyat uchun foydali xususiyatlari

Shaftolining salomatlik va yaxshi kayfiyat uchun foydali xususiyatlari
Foto: Getty Images
Shaftoli mazali va sog‘lom ovqatlanishni istaganlar uchun ajoyib tanlovdir. Mazkur sersuv meva tarkibida kaloriya miqdori past, B vitaminlarini o‘z ichiga oladi va shuning uchun ham kayfiyat yaxshilanishiga yordam beradi. Bundan tashqari, shaftoli boshqa ko‘plab foydali xususiyatlarga ega, deb yozadi Daryo nashri.

Shaftoli antidepressant sifatida
Kayfiyatingiz o‘zgarganda, stress yoki xavotirda, 1-2 ta shaftoli iste’mol qiling. Agar buni har kuni qilsangiz, bir haftadan so‘ng kayfiyatingiz muvozanatga kelayotganini sezasiz. Bu shaftoli tarkibida B vitaminlari kompleksi borligi bilan bog‘liq: B1, B2, B3, B4, B5, B6 va B9 va magniy. Shaftoli tarkibidagi uglevodlar kayfiyatni ko‘taradi: 100 gramm shaftolida 8,4 gramm shakar bor, ular shaftoli tarkibida oziq-ovqat kletchatkasi va pektin borligi sababli sekin so‘riladi. Ammo shunga qaramay, qandli diabetga chalinganlar ehtiyot bo‘lishlari va qancha shaftoli yeyish mumkinligi haqida shifokor bilan maslahatlashishlari kerak. Shaftoli kayfiyatga ta’sir ko‘rsatadi va ovqat hazm qilish trakti faoliyatini normallashtiradi.

Shaftolining hazm qilish tizimiga foydasi
Bu meva pektin va kletchatkaga boy, shuningdek, uning tarkibida probiotiklar mavjud. Bu komponentlar ichak mikroflorasini yaxshilaydi va oziqlantiradi, toksinlardan tozalaydi. Shuningdek, pektin ortiqcha yog‘larni, triglitseridlarni va «yomon» xolesterinni yo‘q qiladi. Shuningdek, shaftoli homiladorlik paytida toksikoz alomatlarini kamaytirishi mumkin. Ammo oshqozon-ichak kasalliklari: gastrit, oshqozon yarasi bor bemorlarga shaftoli yeyish tavsiya qilinmaydi. Bundan boshqa kasalliklarda shaftoli yeyish taqiqlanmaydi. Chunki bu meva oshqozon shilliq qavatini bezovta qilmaydi, hatto yuqori kislotalilikka ega odamlar ham iste’mol qilishi mumkin.

Shaftolining bo‘g‘im, yurak, qon tomirlari uchun ahamiyati
Shaftoli tarkibida juda ko‘p kaliy bor: bitta shaftolida taxminan 333 mg kaliy mavjud bo‘lib, u organizm uchun bebahodir. Kaliy mushaklar qisqarishini tartibga soladi, qon bosimini normallashtirish, yurakning barqaror ishlashi uchun kerak. Bundan tashqari, yuqorida aytib o‘tganimizdek, shaftoli tarkibida magniy mavjud bo‘lib, u ateroskleroz, insult va infarkt rivojlanishining oldini oladi. Shaftoli tarkibida ko‘p bo‘lgan fosfor qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi. Shuningdek, mazkur meva tarkibidagi temir va K vitamini qon ivishi, gemoglobin darajasini tartibga solish va kamqonlikning oldini oladi.

Suyak va tish salomatligiga ta’siri
Shaftoli — osteoporoz, artrit va artroz, shuningdek, tish zararlanishining davosi hisoblanadi, chunki 100 gramm mevada 6 mg kalsiy bor. Yuqorida aytganimizdek, meva tarkibida magniy bor, bu esa kalsiy so‘rilishini rag‘batlantiradi, fosfor esa tish va suyak to‘qimalari uchun foydalidir. Bundan tashqari, fosfor miya va mushaklar faoliyati uchun zarur modda. C vitamini va rux kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, bu biriktiruvchi to‘qima, bo‘g‘im, suyak va tishlar salomatligini ta’minlaydi.

Forscha «yashartiruvchi olma»
Ertaklardagi «yashartiruvchi olma» aslida shaftoliga nisbatan ishlatilgandir, ehtimol. Chunki bu meva antioksidantlar: C va A vitamini, selen, mis, polifenol va karotinga boy, ular chindan ham erta qarishga qarshi kurashda yordam beradi. Bundan tashqari, shaftoli stress bilan kurashishda foydali: shaftoli tarkibidagi antioksidantlar hujayralarni erkin radikallar va DNK shikastlanishidan himoya qiladi. Shaftoli teri, soch va tirnoqlar holatini ham yaxshilaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shaftolining salomatlik va yaxshi kayfiyat uchun foydali xususiyatlari