15:41 / 15.08.2021
2 250

Olimlar qanday mashqlar onkologiya xavfini kamaytirishini tushuntirib berdi

Olimlar qanday mashqlar onkologiya xavfini kamaytirishini tushuntirib berdi
Foto: Unsplash
San-Paulu federal universitetining olimlar jamoasi qanday intensiv jismoniy yuklamalar saraton xavfini kamaytirishga xizmat qilishini aniqladi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Ta’kidlanishicha, ekspertlarning tahlili qariyb 1,3 million kishi ishtirokida 6—25 yil davomida olib borilgan 12 ta tadqiqotga asoslangan.

«Kuch va aerob mashqlar uyg‘unligi yaxshi natija berishi hamda saraton oqibatida yuzaga keladigan umumiy o‘lim xavfini 28 foizga qisqartirishi aniqlandi», — deyiladi xabarda.

Agar faqatgina asosiy e’tibor kuchga qaratilsa, onkologiya bilan kasallanish xavfi 14 foizga kamayadi.
Tibbiyot xodimlarining ogohlantirishicha, samaradorlik uchun haftasiga kamida ikki marotaba shug‘ullanish kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar qanday mashqlar onkologiya xavfini kamaytirishini tushuntirib berdi