20:28 / 16.08.2021
4 736

Yulduz Usmonova «zapret»ga tushgan vaqtida ota-onasi va yaqinlari ham jabr ko‘rgani haqida so‘zlab berdi

Yulduz Usmonova «zapret»ga tushgan vaqtida ota-onasi va yaqinlari ham jabr ko‘rgani haqida so‘zlab berdi
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova «Milliy» telekanalining «Inson qadri» ko‘rsatuviga intervyu berib, ilk marta «zapret»ga tushganida Yevropaga ketgani, ikkinchi marta norasmiy taqiqqa tushgan vaqtida o‘zi va oila a’zolariga nisbatan qilingan nohaqliklar haqida so‘zlab berdi.

Yulduz Usmonovaning aytishicha, u ilk marta 1992 yilda «zapret»ni boshdan kechirgan. O‘shanda u ilojsizlikdan Yevropaga chiqib ketgani, viza muddati tugab, Toshkentga qaytganida esa uni O‘zbekistonga kiritmay, yana ortga qaytarishgani haqida so‘zlab berdi.

«Bugungi kunda qancha xursand bo‘lmay, o‘sha kunlarni eslatishsa, ezilib tamom bo‘laman. Ular butun hayotimni zaharlashgan. Hayotimning oxirigacha shu davrni eslasam, mazam qochadi. Turkiyaga ketganimda nevaram endi tug‘ilgan edi, hali bir yosh ham bo‘lmagandi. Nevaramni ko‘rgim kelmasmidi? Butun oilani parokanda qildilaring, qaytmayaptimi? Menda hozir hammasi yaxshi, Xudoga shukur, o‘sha kunlar uchun ham. Xudo ajrini beradi. Muxlislarim konsertimni kutib-kutib o‘tib ketganlar bo‘ldi, bolalari yig‘lab keladi», — deydi Yulduz Usmonova ko‘zlarida yosh bilan.

«Mening boshimga ish tushganda faqat o‘zim zulm topmaganman. Ota-onam Hajga borolmay qoldi, qarindosh-urug‘larim davlat ishida ishlay olmadi, o‘sha yerda dehqonchilikda qolib ketdi. ‘Kerakmas, bosh ko‘zimizdan sadaqa, agar mening orqamdan shunday bo‘lgan bo‘lsa, mendan rozi bo‘linglar, Alloh bir rizqini beradi. Kambag‘al bo‘lsak ham g‘ururimiz bor’, dedim qarindoshlarimizga. Qarindoshlarimizning bittasiyam davlat ishida ishlay olmadi, hammasini kuydirishdi. Hajga kelib turgan navbatimizni ham olib tashlashdi. Ana shunday kunlarni boshdan kechirdik, tarix kechiradimi?

Dadam rahmatli juda bir ajoyib, sodda odam edi. Hech kim bilan ishi yo‘q edi. Pensiyaga chiqib, dalaga borib, mollar va qo‘ylariga o‘t yulib kelardilar. Shu ishlar bilan ovunardilar. Dadamga ‘Qizingiz qamalib qolibdimi?’ deyishganida, birinchi infarktni o‘shanda olgan edilar. Hech esimdan chiqmaydi-da», — deydi xonanda ko‘z yoshlarini tiya olmay.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yulduz Usmonova «zapret»ga tushgan vaqtida ota-onasi va yaqinlari ham jabr ko‘rgani haqida so‘zlab berdi