Foto: Cosmopolitan
Avvaldan ayollar qarishni kechiktirishni orzu qilib kelgan. Hozirda esa buning ham imkoni topildi. Kollagenning qarishga qarshi xususiyatlari haqida hamma narsa ma’lum, lekin yoshlikni saqlashga yordam beradigan boshqa vositalar ham bor.
C vitamini qay darajada foydali?
C vitamini qarishning tashqi belgilariga qarshi samarali ekani klinik jihatdan isbotlangan oz sonli moddalardan biridir. Tadqiqotlarga ko‘ra, C vitamini organizmda o‘z kollagenini ishlab chiqarishni boshlaydi. Chunki 20 yoshdan keyin ushbu jarayon sekinlashadi. Kollagen bejizga yoshlik eleksiri deb atalmaydi. Aynan u terining elastikligi va namlanishi, tabiiy porlashi va ajinlar uchun javobgardir. Antioksidant xususiyatlariga ko‘ra, C vitamini erkin radikallar ta’siridan tanani ishonchli himoya qiladi. Radikallar tana hujayralariga hujum qiladi, yallig‘lanish reaksiyalarini qo‘zg‘atadi, ajinlar va giperpigmentatsiyani tezlashtiradi.
Qarish birinchi navbatda tashqi tomondan emas, balki ichki tomondan sodir bo‘ladigan jarayon, shuning uchun hatto teriga ham g‘amxo‘rlik qilish kerak. Yosh o‘tishi bilan yurak-qon tomir kasalliklari xavfi sezilarli darajada oshadi, shuning uchun ularning oldini olish haqida oldindan o‘ylash kerak. C vitaminini muntazam qabul qilish insult xavfini 30 foizga kamaytiradi, yurak mushaklari va qon tomir devorlarini himoya qiladi.
Miya faolligining pasayishi qarishning yana bir aniq belgisidir, bu holda ham C vitamini yordam beradi. Chunki uning tuzilishi tufayli miya erkin radikallar uchun eng qulay maqsad hisoblanadi, shuning uchun u ishonchli himoyaga muhtoj. C vitaminini muntazam qabul qilish konsentratsiyani va ish faoliyatini oshiradi, xotirani yaxshilaydi va Alsgeymer kasalligining oldini oladi.
C vitamini qanday mahsulotlarda mavjud?
Eng oson yo‘li ratsionni qaytadan tuzish va C vitaminiga boy mahsulotlar qo‘shishdir. Limon, ismaloq, qulupnay va sitrus mevalar ikki baravar ko‘p C vitaminni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, qora smorodina va brokkoli ham ushbu vitaminga boy. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi