Ko‘k choy ko‘plab kasalliklar, jumladan, insult va saraton ayrim turlari rivojlanishining oldini olishga yordam beradi. Bu haqda Nihon Keizai nashri bilan suhbatda yaponiyalik tadqiqotchi, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Yeiti Fukushima aytib o‘tdi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda ushbu mahsulotga bag‘ishlangan epidemiologik tadqiqotlar soni sezilarli darajada oshgan.
«Bir qancha tadqiqotlar natijalarini birlashtirgan va tahlil qilgan 2021 yilgi meta-tahlil shuni ko‘rsatdiki, ko‘k choy iste’moli juda ko‘plab kasalliklarning rivojlanishi, shu jumladan, endometriya, o‘pka va tuxumdon saratoni, shuningdek yurak-qon tomir kasalliklari va insultdan o‘lim xavfi xavfini kamaytiradi», — dedi Fukusima.
Uning aytishicha, bu ko‘k choy tarkibida ko‘p miqdorda aniqlangan katexinlar bilan bog‘liq. «Ko‘k choy tarkibidagi polifenollar choy katexinlari deb ataladi. Ular kuchli antioksidant ta’siriga ega», — deya izohladi mutaxassis.
Fukusima, shuningdek, choy katexinlari yog‘lar parchalanishi va ishlatilishida ishtirok etadigan fermentlarning faolligini oshirib, organizmning yog‘ni energiya uchun ishlatishini osonlashtirishi haqida ma’lum qilgan.
Shu bilan birga, besh oy iste’mol qilgandan so‘ng ushbu mahsulot tarkibidagi katexinlar va teanin gripp virusi bilan kasallanish ehtimolini kamaytirishi ham tasdiqlandi, deya xulosa qilgan u. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi