16:00 / 29.09.2021
2 808

Djinsi kiyimlar sifatini yo‘qotmaslik uchun qanday yuvish kerak: 5 ta muhim qoida

Djinsi kiyimlar sifatini yo‘qotmaslik uchun qanday yuvish kerak: 5 ta muhim qoida
Foto: Pinterest
Buyuk Britaniyaning Good Housekeyeping instituti mutaxassislari djinsi matoli kiyimlarni yuvishning to‘g‘ri usuli bilan bo‘lishdi.

Har doim djinsilarni ichki tomoniga o‘giring
Bu ko‘k matoda yuvilgan oq chiziqlar va xiralashgan burmalar paydo bo‘lishining oldini oladi. Agar siz shimni kiysangiz, ertami-kechmi, albatta, paydo bo‘ladi. Bordi-yu, shkafda saqlansa hech narsa yuz bermaydi. Ammo mato yuzasidagi muammolar ancha keyin sodir bo‘ladi.

Jinsilarni konditsioner qo‘shmasdan yuving
Ajablanish mumkin. Lekin konditsioner jinsi matosini tezroq eskirishiga sabab bo‘ladi.

Eng sekin rejim bilan yuving
Nozik matolar uchun harorat va aylanish tezligi minimal darajada bo‘lishi lozim. Lekin jinsi nozik mato emas, deb o‘ylash mumkin. To‘g‘ri, odatda jinsi ish kiyimi sifatida ko‘proq kiyiladi. Ammo hamma ham oltin qazish uchun jinsi shim kiymaydi, balki ularga zamonaviy kiyim sifatida qaraydi. Shuning uchun jinsi ham nozik matolar qatoridan joy olgan.

Aytgancha, Levi Strausning oltin qazuvchilar uchun tikkan dastlabki jinsilari juda qo‘polligidan ularni ko‘rib, jinsilgiga ishonish qiyin bo‘lgan.

Kir yuvish mashinasiga juda ko‘p narsalarni qo‘ymang
Kir yuvish mashinasi barabani boshqa kiyimlar bilan qanchalik ko‘p to‘ldirilsa, jinsida shuncha ko‘p burmalar bo‘ladi.

Avtomatik quritish rejimidan foydalanmang
Jinsi kiyimlarni yengil burab siqishdan so‘ng tabiiy ravishda quritish lozim. Bu matoning mustahkamligini saqlaydi va dazmol qilishda ko‘p vaqt olmaydi.

Vahimaga tushmang
Rang o‘zgarishi jinsilar uchun odatiy holdir. Indigo bo‘yoqlari bilan bo‘yalgan shimlarning rangi doimo suvga chiqadi. Bu normal, to‘g‘ri va tabiiydir. Shuning uchun ham u bilan boshqa kiyimlarni, hattoki jinsi rangidagi kiyimlarni yuvib bo‘lmaydi. Aks holda, boshqa kiyimlarning rangi o‘zgarishi shubhasiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Djinsi kiyimlar sifatini yo‘qotmaslik uchun qanday yuvish kerak: 5 ta muhim qoida