Foto: «Domashniy ochag»
Uyda bakteriyalar ko‘payishini istamasangiz, ayrim buyumlarni tashlab yuborish hamda vaqti-vaqti bilan almashtirib turish tavsiya qilinadi.
Ishqalagich (mochalka)
Mutaxassislar mochalkani har uch haftada almashtirishni tavsiya qiladi. Aslida undagi mog‘or ko‘payishi mumkin, namlik hisobiga esa jarayon yanada tezlashishadi.
Sochiq
Sochiqlar hidlanishini kutib o‘tirmasdan har uchinchi safar ishlatgandan keyin yuvish kerak.
Vannaga solinadigan gilamcha
Vannaga solinadigan gilamchani har safar xlor bilan namlab, chayib turish lozim.
Tish cho‘tkasi
Cho‘tkalar qanchalik egilgan bo‘lsa, tishni yuvish shunchalik qiyin kechadi. Shu sabab ham stomatologlar uni har 2-3 oyda almashtirishni tavsiya qiladi.
Choyshablar
Ajralgan ter va teri hujayralarining yopishishi mumkinligi sabab ham choyshablarni har hafta yoki ikki haftada bir almashtirish kerak bo‘ladi.
To‘shak
Aksariyat to‘shaklar 10 yilga xizmat qilishi mumkin, ammo undan ko‘pga emas. Ishlatishga yaramay qolganida ham foydalanilsa, umurtqa bilan bog‘liq muammo orttirib olinishi mumkin.
Yostiq jild va yostiqlar
Yuzdagi husnbuzar va teri bilan bog‘liq boshqa muammolardan qutulishni istasangiz, yostiq jildini har hafta, yostiqning o‘zini esa har chorakda almashtirish tavsiya qilinadi.
Yana bir marta yostiq
Zamonaviy yostiqlar, taxminan, ikki yil xizmat qiladi. Shundan keyin bo‘shashib, uxlash uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi.
Makiyaj cho‘tkasi
Makiyaj cho‘tkasini haftada bir marta yuvib turish kerak. Hatto shunga amal qilgan taqdirda ham ikki yildan keyin yangisini olish lozim.
Oshxonada foydalaniladigan gubka
Oilangiz katta bo‘ladigan bo‘lsa, har ikki, hatto bir haftada yangi gubkadan foydalangan ma’qul. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi