09:27 / 02.10.2021
2 397

Qaysi kasalliklar erta qarishga olib keladi?

Qaysi kasalliklar erta qarishga olib keladi?
Foto: «Zen.yandex.ru»
Rossiyalik professor, tibbiyot fanlari doktori Andrey Ilnitskiy erta qarishga olib keladigan eng keng tarqalgan kasalliklar va holatlarni ma’lum qildi.

«Erta qarishga olib keladigan eng keng tarqalgan kasalliklarga yuqori qon bosimi, semizlik, qandli diabet va xolesterin almashinuvi buzilishi kiradi. Agar shulardan birortasi bo‘lsa, erta qarish sindromi ehtimoli bor deyishimiz mumkin», — dedi Ilnitskiy.

Agar bunday holat tuzatilsa, sindromni bartaraf etish mumkin. Misol uchun, odam qon bosimini pasaytirish uchun dori-darmonlarni qabul qilsa, erta qarish kabi noxush holatning oldini olgan bo‘ladi.

«Tibbiyot zamonaviy texnologiyalarni ifodalaydi. Agar bunday holatlar davolansa, erta qarish yo‘qoladi», — deya qo‘shimcha qildi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qaysi kasalliklar erta qarishga olib keladi?