Foto: Freepik
Salomatlikda turli muammolar bo‘lmasligi uchun sovuq kunlarda, ayniqsa, oyoqni issiq tutish kerak.
Birinchi sabab — tez uxlab qolasiz
Amerikaning uyqu muammolarini o‘rganuvchi milliy fondi mutaxassislarining ma’lum qilishicha, oyoqni issiq tutish miyaga uxlash kerakligini bildirib, signal yuborilishini ta’minlaydi. 2007 yilda o‘tkazilgan tadqiqotda olimlar ishtirokchilarni ikki guruhga bo‘lgan. Ulardan biri ikkichisidan farqli o‘laroq paypoq kiyib uxlagan. Natijada oyog‘i issiq bo‘lgan ishtirokchilarning tezroq uxlagani aniqlangan.
Ikkinchi sabab — qon quyilishi kuzatilmaydi
Kechasi et uvishishidan aziyat chekadiganlar, albatta, paypoq kiyib uxlashi kerak. Oyoq isiganda qon tomirlari kengayib, qon aylanishi yaxshilanadi. Ushbu jarayon tana haroratini me’yorlashtiradi, uxlashga xalal beradigan bir qancha alomatlarni qisqartirishga hissa qo‘shadi.
Uchinchi sabab — oyoqlaringizni ko‘rinishi yomonlashmaydi
Oyoq terisi ko‘chishni boshlasa, uxlashdan avval namlantiruvchi krem surting. Keyin esa toza paxtadan tikilgan paypoq kiyishni unutmang. Natija uzoq kuttirmaydi.
To‘rtinchi sabab — ijobiy kayfiyat ta’minlanadi
An’anaviy Xitoy tibbiyotida kechasi paypoq kiyish juda ham foydali deb hisoblanadi. Osiyolik shifokorlarning fikricha, sovuq hayot uchun muhim bo‘lgan kuchni chiqarib yuboradi. Issiq paypoq kiyganda esa pozitiv energiya ta’minlanib, qon aylanishi yaxshilanadi.
Qandoq paypoq kiyish kerak?
Sintetik va haddan ortiq qattiq matodan tikilgan paypoqlar kiymang. Paxta matosidan tikilgan, to‘piq suyagini yopib turadigan paypoq eng ma’quli. Paypoqni har kuni almashtirish kerak. Yaxshisi, kechki vanna va dush qabul qilgandan, teri yaxshilab qotganidan keyin kiyish lozim.
Muqobil variantlar
Oyoqni qizitishning paypoqdan boshqa usullari:
- uxlashdan hech bo‘lmaganda yarim soat avval paypoq-shippak kiying;
- oyoqqa issiq suv solingan grelka yoki baklajka qo‘ying;
- ustingizga ikkita adyol yoping, isib ketganda bittasini olib qo‘yishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi