Olimlarning fikriga ko‘ra, toza suv — salomatlik va vazn yo‘qotish uchun sayyoradagi eng yaxshi ichimlik.
Suvning vazn yo‘qotishga yordam beradigan usullaridan biri ishtahani pasaytirishdir. Miyaning xuddi shu qismi ochlik va chanqoqlik signallarini talqin qilgani uchun, miya bu ochlik tuyg‘ularini chanqoqlik bilan chalkashtirib yuborishi oson bo‘ladi.
«Annals of Family Medicine»da chop etilgan Milliy sog‘liqni saqlash tadqiqotlari (NHANES) ma’lumotlari asosida o‘tkazilgan katta tadqiqot, suvning yetarli darajada iste’mol qilinmasligi va semirish o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlagan. Bu esa yaxshi gidratsiyaning vaznni boshqarishda hal qiluvchi rol o‘ynashini ko‘rsatadi.
«Zirali suvni sinab ko‘ring», — deydi tibbiyot fanlari doktori, diyetolog Trista Best.
Siz quritilgan zira urug‘lari yordamida uyda zira suvini osongina tayyorlashingiz mumkin. Antioksidantlarga boy ziravorlar immunitet va ichak sog‘lig‘ini yaxshilash, yallig‘lanishni kamaytirish va saraton xavfini kamaytiradi.
Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, zira yog‘larni yo‘qotishga foydali ta’sirini va metabolizm tezligini oshirishi aniqlangan.
Best shuningdek, zira suvi qondagi qand miqdorini tartibga solishga yordam berishini, hujayralarga glyukoza va insulin yetkazib berishga yordam berishini takidlagan.
Agar tanada qondagi qand miqdori yuqori bo‘lsa, hujayralar sizga kerak bo‘lgandan ko‘ra ko‘proq glyukoza to‘play oladi va uni yog‘ga aylantiradi. Zira suvini issiq va sovuq holda iste’mol qilish mumkin.
Bir osh qoshiq zira urug‘ini kechasi bir stakan suvga solib qo‘ying. (Ba’zi odamlar urug‘larni maydalashni yaxshi ko‘radilar, buning natijasida ular zira tarkibidagi tabiiy yog‘larini chiqarib yuboradilar.)
Ertalab aralashmani taxminan besh daqiqa davomida qaynating. Suv soviganida, urug‘larni to‘kib tashlang. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi