Foto: Harper’s Bazaar
Olma va nok umumlashmasini esga soladigan meva, asosan, O‘rta Osiyo, Eron, Kavkaz va Kavkazorti mamlakatlarida pishib yetiladi.
Behi qadimgi Yunonistonda yetishtirilgan bo‘lib, u sevgi va unumdorlik ramzi hisoblanishi bilan birga «oltin olma» nomini olgan. Behini yig‘ish mavsumi kuz faslining oxiriga to‘g‘ri keladi. Shu sabab ham hozir ushbu meva haqida ma’lumotga ega bo‘lishning ayni vaqti.
Tarkibi va foydali xususiyatlari
Foydali moddalarning koni hisoblangan behi A, V, S, Ye va RR guruhi vitaminlari, shuningdek, temir moddasi, kletchatka, kalsiy hamda antioksidantlarga boy. Uning tarkibidagi pektin hazm jarayonini me’yorlashtiradi. Temirning mo‘l ekani hisobiga anemiyaga qarshi yaxshi samara beradi. Qolaversa, behi antiseptik va qon to‘xtatuvchi xususiyatiga ega.
Kimlarga mumkin emas?
Oshqozon kasalliklari va yarasidan aziyat chekadigan bemorlarga behidan tiyilish tavsiya qilinadi. Kuchli burishtiruvchi xususiyatga ega ekani sabab spazm keltirib chiqarishi va ahvolning yomonlashishiga sabab bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin