date
views 1 635

Insult xavfini kamaytiruvchi mahsulotlar nomi ma’lum qilindi

Insult xavfini kamaytiruvchi mahsulotlar nomi ma’lum qilindi
Foto: Pixabay
Olimlar maxsus diyeta yordamida insultning rivojlanish xavfini kamaytirish yo‘lini aniqladi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Ekspertlarning ta’kidlashicha, tarkibida to‘yingan yog‘ va transyog‘lar (bu suyuq o‘simlik yog‘laridan gidrogenlash yo‘li bilan olinadigan qattiq yog‘lar) miqdori yuqori bo‘lgan diyeta insult va boshqa yurak kasalliklarining paydo bo‘lish xavfini oshiradi.

Bundan tashqari, olimlar tuzni me’yoridan ortiq iste’mol qilmaslikni maslahat beradi. Ularning ta’kidlashicha, tuz arterial bosimni oshirib yuboradi, bu esa yurak-qon tomir tizimi kasalliklari paydo bo‘lishining dastlabki sababidir.

Mevalar, sabzavotlar, kletchatka, sut, pishloq va yogurtni muntazam iste’mol qilish, aksincha, ishemik insult paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.

Biroq afsuski, ushbu diyeta gemorragik insult (miyaga qon quyilishi) profilaktikasida samarali emas.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Insult xavfini kamaytiruvchi mahsulotlar nomi ma’lum qilindi