Foto: «Domashniy ochag»
C vitamini organizmda to‘qimalarni saqlashga va yoshartirishga yordam beradi. Immunitet tizimini mustahkamlaydi va temirning so‘rilishini rag‘batlantiradi. Shamollash va grippga qarshi kurashda foydali hisoblanadi. Ayollar uchun tavsiya etilgan kunlik C vitamini miqdori 75 mg, erkaklar uchun 90 mg. Tabiatning o‘zidan ushbu vitaminga boy mahsulotlarni iste’mol qiling va sog‘lom bo‘ling.
Guava
Bu noyob tropik meva ro‘yxatimizda birinchi o‘rinni egalladi. Uning tarkibida apelsindan 5 barobar ko‘proq C vitamini bor. Uning ta’mi nordon va yarim stakan guava sharbati tarkibida 188 mg C vitamini va atigi 56 kkal kaloriya mavjud.
Qizil bulg‘ori qalampiri
Faqat sitrus mevalardagina C vitamini mavjud, deb o‘ylaganlar yanglishadi. Bulg‘ori boshqa vitaminlarni ham o‘z ichiga oladi, jumladan, A vitamini. Yarim stakan yangi to‘g‘ralgan bulg‘orida 142 mg C vitamini va 20 kkal bor. Pishirilgan bulg‘orida esa 116 mg C vitamini bo‘ladi, shuning uchun ularni pishirmay iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Kivi
Bir dona o‘rtacha kivi mevasida 70 mg B vitamini va 46 kkal mavjud.
Apelsin
So‘nggi paytlarda hamma uchun eng mazali va sevimli mevalardan biri. Bir dona o‘rta apelsin tarkibida 70 mg C vitamini va 62 kkal mavjud. Uning 180 ml sharbatida 61 dan 93 milligrammgacha C vitamin va 79 dan 84 kkalgacha beradi.
Yashil bulg‘or qalampiri
Kichik yashil bulg‘ori po‘stlog‘ida 60 mg C vitamini va 15 kaloriya bor. Pishganida u faqat 51 mg C vitaminini saqlab qoladi.
Greypfrut sharbati
Greypfrutning yarmida 39 mg C vitamini va 52 kkal mavjud. Ko‘proq foyda olish uchun bu mevaning sharbatini ichish tavsiya etiladi. 180 ml greypfrut sharbati 50-70 mg C vitamini va 71-86 kkal beradi.
Sabzavot sharbati
Yangi siqilgan sabzavot sharbati aralashmalari ko‘p miqdordagi vitamin va ozuqa moddalarini o‘z ichiga oladi, shu jumladan, C vitaminini ham. Agar sharbat pomidorga asoslangan bo‘lsa, unda jiddiy kasalliklar, jumladan, saraton bilan kurashishga yordam beradigan antioksidant bo‘lgan likopenning yaxshi qismini qabul qilish mumkin. 180 ml sabzavot sharbatida 50 mg C vitamini va 34 kkal mavjud.
Qulupnay
Bu rezavor kletchatka va antioksidantlarning muhim manbayi, shu jumladan, C vitaminining ham. Yarim stakan qulupnayda 49 mg C vitamini va 27 kkal mavjud.
Bryussel karami
Bu foydali sabzavotning bitta kamchiligi bor – u bolalar uchun mos kelmaydi, lekin o‘smirlar va kattalar uchun bu ajoyib tanlov. Darhaqiqat, 100 gramm Bryussel karamida 48 mg C vitamini, 300 mkg noyob K vitamini va atigi 28 kkal mavjud.
Qovun
O‘rtacha qovunning to‘rtdan bir qismi 47 mg C vitamini va 51 kaloriya beradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi