Foto: «Domashniy ochag»
Metabolizmning yosh o‘tish bilan sekinlashishi hech kimga sir emas. Katta yoshli ayollarning vazni har yili 200 grammga ortib boradi. 50 yoshga kelib esa moddalar almashinuvi yomonlashgani hisobiga, taxminan, 16 kiloga yaqin vazn yig‘iladi.
Yetarlicha ovqatlanish
Ozish uchun kundalik ratsionni birdaniga qisqartirish to‘g‘ri emas. Dastlab, natija sezilgani bilan keyinchalik organizm uchun bu stress bo‘lishi mumkin. Oziqlanishda yetishmovchilik kuzatilganda mavhumlikni yomon ko‘rgan organizm yog‘larni sarflamasdan, o‘zida saqlab turishi mumkin. Shuning uchun ham metabolizmni jadallashtirmoqchi bo‘lsangiz ochlik haqida unuting.
Nonushtadan voz kechmang
Metabolizmni yaxshilaydigan parhezda, albatta, nonushta bo‘lishi kerak. Tongda tanovul qilmaydigan ayollar, nonushtani kanda qilmaydiganlarga nisbatan 4,5 marta ko‘proq semirishdan aziyat chekadi. Birinchidan, kunning birinchi yarmida organizmga kiradigan kaloriya, deyarli to‘liq energiyaga aylanadi. Ikkinchidan, to‘yib qilingan nonushta uzoq vaqt qorinni to‘q tutib, zararli biron narsa yeb qo‘yishning oldini oladi. Aynan nonushta faol turmush tarzi kechirish uchun yetarlicha energiya beradi. Bu esa tabiiyki, salomatlik va go‘zal qomat uchun muhim sanaladi.
Choy yoki qahva ichish
Kuniga uch finjon qahva ichish moddalar almashinuvini 5—8 foizga jadallashtiradi. Natijada hech nima qilmagan taqdirda ham odam 98—174 kaloriya sarflaydi. Qolaversa, yangi damlangan choyning atigi bir piyolasi organizmdagi metabolizmni 12 foizga tezlashtirishi mumkin.
Ko‘p suv ichish
Kuniga 6 stakan sovuq suv ichilsa, yiliga 2,5 kilogramm, kuniga esa 50 kaloriya yo‘qotasiz. Agar metabolizmni yanada yaxshiroq jadallashtirishni istasangiz, darhaqiqat sovuq suv iching. Shunda uni tana haroratiga muvofiq isitish uchun organizm qo‘shimcha energiya sarflaydi.
Oqsilga boy mahsulotlarni kanda qilmang
Har bir ovqat tarkibida oqsil bisyor bo‘lishi mushaklar uchun foydali. Qolaversa, oqsilga boy ratsion metabolizmni 35 foizga jadallashtiradi.
D vitamin ham muhimligini esdan chiqarmang
Baliq, tuxum, sut va dengiz mahsulotlaridan tashqari quyosh nuri ham D vitaminining koni sanaladi. D vitamini metabolizmni tezlashtirish xususiyatiga ega eng foydali moddalardan hisoblanadi. U sizning ratsioningizda yetarli bo‘lmasa, moddalar almashinuvi sekinlashishidan qochib bo‘lmaydi.
Sut ichishni kanda qilmang
Ayrim tadqiqotlarda kalsiy tanqisligi moddalar almashinuviga salbiy ta’sir qilishi aniqlangan. Gap shundaki, ratsionda sutli mahsulotlar bo‘lmagani sabab ayollarda 40 yoshdan keyin ushbu tanqislik tez-tez kuzatiladi. Tvorog, yogurt, sut singari kalsiyga boy mahsulotlar iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Chunki aynan sut yog‘lari organizmdagi ortiqcha kaloriyani energiyaga aylantiradi va boshqa zararli yog‘lardan himoya qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi