17:51 / 01.11.2021
7 672

Feruza Normatova hijobga kirishiga turtki bo‘lgan voqea haqida so‘zlab berdi

Feruza Normatova hijobga kirishiga turtki bo‘lgan voqea haqida so‘zlab berdi
Aktrisa Feruza Normatova Shahzod Sultonovning YouTube-kanaliga bergan intervyusida hijobga kirishiga turtki bo‘lgan voqea haqida so‘zlab berdi.

«Turkiyaning Antaliya shahriga sayohat chiqib qoldi. O‘sha yerga borganimda infeksiya tushib, burnim shishib ketdi. O‘sha paytda menda katta-katta uchta loyiha bor edi. Bittasida bosh rolda, ikkitasida ham asosiy rollarda edim. Qaytib kelganimdan keyin s’yomka jarayoniga qatnay boshladim. Kadrda o‘zimga yoqmasdim, burnim juda katta ko‘rinardi. O‘zimdan soviy boshladim. Kadrdagi odam men emasdim. Rollarimdan sovib keta boshladim. Oxiri jarrohga borganimda umumiy narkoz bilan operatsiya qilamiz, deyishdi.

Operatsiyaga kirishdan avval Allohdan xayr berishini so‘radim. Narkoz berishganida ko‘zimni bir ochdim va yumdim. Holatimga tushuna olmadim. Xonada yotibman, ruhim o‘zimga kirib, kirmayapti, chiqib, chiqmayapti. Azob bu. Bu narsani tushuntirish qiyin. Uyga kelganimda zalga joy solib berishdi. Zal yonidagi oshxona eshigi ochiq turardi. Ochiq eshikka qarab yotibman. Shu eshikdan hozir Azroil alayhissalom kirib kelarmikan yo tepadan kelarmikan, degan narsa o‘tdi ichimdan.

Men bu holatdan o‘tib ketishimga o‘zim ham ishonmadim. Agar Alloh meni saqlab qolmaganida, bo‘ldi, ketdim, deb o‘yladim. Eshitgandim, insonlarning amali yaxshi bo‘lsa, Azroil alayhissalom ularning ko‘ziga yaxshi qiyofada, yomon bo‘lsa, yomon qiyofada ko‘rinar ekan. Men eslaganim sari o‘zimni bilganim uchun shuni o‘ylab qiynaldim.

Men ular bilan ko‘rishishga tayyormanmi? Shu holatda ko‘rishamanmi, deb o‘zimdan uyaldim. Allohga nima deyman, nega dilimda bo‘lsa ham, shu paytgacha ro‘mol o‘ramadim, deb o‘ylab yotdim», — deydi Feruza Normatova.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Feruza Normatova hijobga kirishiga turtki bo‘lgan voqea haqida so‘zlab berdi