Foto: Harper’s Bazaar
Yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liq vaziyatlar kuzatilmasligi uchun qaysi mahsulotlarni iste’mol qilish borasida ehtiyot bo‘lish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Kartoshka
Foydali ekaniga qaramay, kartoshkada qonning quyulishiga sabab bo‘ladigan kraxmal bisyor bo‘ladi. Kraxmaldan tashqari yog‘i ham ko‘payishi hisobiga, yurak-qon tomirida muammosi bor odamlarga qovurilgan kartoshka yeyish tavsiya qilinmaydi. Ushbu mahsulotdan butkul voz kechish shart emas, shunchaki qaynatilgan holda iste’mol qilinsa va me’yorga amal qilinsa bo‘lgani.
Banan
Ushbu mevada qon quyulishiga olib keladigan shakar va kaliy bisyor bo‘ladi. Banandagi fruktoza yurak va qon-tomirlar uchun xavfli bo‘lgan lipidli birikmaga aylanadi. Shu sabab ham ushbu mevani iste’mol qilish borasida xuddi kartoshka singari ehtiyot bo‘lgan yaxshi.
Yong‘oq
Yong‘oq qon uchun ham foydali va shu bilan birga zararli bo‘lgan moddalarni o‘z ichiga oladi. Teri oshlovchi moddalarga boy bo‘lgan ushbu mahsulot, qon quyulishiga sabab bo‘ladi, omega-3 yog‘ kislotasi esa aksincha, qon-tomirlar devorini mustahkamlaydi. Zarari bo‘lmasligi uchun esa me’yorni bilish muhim sanaladi. Kuniga 2-4 dona yeyishning o‘zi kifoya qiladi.
Shakar
Deyarli barcha tayyor mahsulotlar tarkibida uchratish bo‘lgan oq shakar, qonda glyukozaning oshib ketishiga olib ketadi. Oqibatda qon quyulib, tromboz paydo bo‘lish xavfi ortadi. Shu sabab ham undan butkul tiyilish, buni imkoni bo‘lmaganda esa oz-ozdan iste’mol qilish tavsiya qiladi.
Petrushka
Eng foydali ko‘katlardan biri hisoblangan petrushka organizm uchun muhim bo‘lgan moddalarning koni. Ammo tarkibida K vitamin haddan ortiq darajada ko‘p ekani hisobiga, ayniqsa, qon bosimi yuqori bo‘lgan kishilarga ehtiyot bo‘lish tavsiya qilinadi. Aks holda qon quyulishi kuzatilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”