19:31 / 19.11.2021
10 529

Ortiqcha tuz iste’mol qilganda organizmda rivojlanadigan 4 ta jiddiy kasallik

Ortiqcha tuz iste’mol qilganda organizmda rivojlanadigan 4 ta jiddiy kasallik
Foto: Getty Images
Kuniga 5 gramm tuz iste’mol qilish me’yor hisoblanib, organizmda ortiqcha muammo keltirib chiqarmaydi. Ammo deyarli barcha ushbu me’yorni oshirib yuboradi, natijada jiddiy kasalliklar xavfi ortadi.

Salomatlikka zarar keltirmaslik uchun shifokorlar kuniga 5 grammdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda tuz iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Aksariyat insonlar doimiy ravishda bu me’yorni oshirib yuboradi, ko‘pincha hatto buni bilmaydi ham. Ayniqsa, fast-fud kabi ovqatlar yashirin tuzni o‘z ichiga oladi. Ayni paytda, tuz iste’molining ruxsat etilgan me’yorlarini muntazam ravishda oshirib yuborish sog‘lik uchun juda xavflidir va jiddiy kasalliklarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Yosh bilan bog‘liq demensiya
Qonda natriy miqdori qanchalik yuqori bo‘lsa, kognitiv buzilishining xavfi shunchalik ko‘p bo‘ladi. Kolorado universiteti tadqiqotchilari besh ming ko‘ngilli insonlarni kuzatganidan keyin shunday xulosaga keldi. Tajriba natijalariga ko‘ra, 65 yoshdan oshgan odamlar tuzni muntazam ravishda ko‘p iste’mol qilsa, yoshga bog‘liq demensiyaning rivojlanish xavfi 30 foizga oshadi.

Buyraklardagi toshlar
Agar tuz ko‘p iste’mol qilinsa, peshobdagi oqsil miqdori ortadi va bu buyrak kasalligi hamda buyrak tosh paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan asosiy xavf omillaridan biridir. Buyraklar sog‘lom va o‘z ishini yaxshi bajarayotgan bo‘lsa-da, iloji boricha uzoq vaqt ularning yaxshi holatini saqlab qolish uchun tuz miqdorini nazorat qilish tavsiya etiladi.

Oshqozon yarasi
Ortiqcha tuz o‘z-o‘zidan oshqozon yarasini qo‘zg‘atishi mumkin emas, ammo agar shilliq qavat Helicobacter pylori bakteriyalari tufayli allaqachon zararlangan bo‘lsa, natriyni ortig‘i bilan iste’mol qilish xavfni bir necha barobarga oshirishi mumkin.

Gipertoniya
Tuz tanada suyuqlikni uzoq vaqt ushlab turadi, bu yurakning ishlashini qiyinlashtiradi. Oxir-oqibat qon bosimining oshishiga olib keladi. Agar qon bosimi muntazam ravishda ko‘tarilsa (130/90 va undan yuqori), tuz iste’molini iloji boricha kamaytirish lozim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ortiqcha tuz iste’mol qilganda organizmda rivojlanadigan 4 ta jiddiy kasallik