Foto: Getty Images
Yaqindagina barcha diyetologlarning birinchi raqamli dushmani yog‘ edi. Undan oldin tuz sog‘liqdagi barcha muammolarining asosiy sababi hisoblangan.
Endi navbat shakarga – qahvaga bir qoshiq shakar qo‘shish shunchaki odobsizlik, yangi yildan shirinliklardan voz kechishga qat’iy qaror qilganlar chekishni tashlashga va’da berganlar sonidan oshib ketganga o‘xshaydi. Ha, albatta, shakarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish ikkinchi toifa diabetning rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi. Shakar iste’mol qilish tabiiy holat, chunki ratsionning deyarli uchdan bir qismi ixtiyoriy mahsulotlar – shokolad, shirinlik va pishiriqlardan iborat.
Ammo gap shundaki, ratsionni sog‘lom tashkil qilish uchun shakarni butunlay to‘xtatib qo‘yish shart emas. Kundalik ratsionda meva va sabzavotlar ulushini oshirish, fast-fud ovqatlardan voz kechish ancha yaxshi samara beradi.
Parhez tutishga odatlanmang
Shakarni o‘z ichiga olmagan diyetalar ruxsat etilgan va taqiqlangan oziq-ovqat mahsulotlarining qattiq ro‘yxatiga rioya qilishni talab qiladi. Bu parhez tutayotgan odamda juda ko‘p vaqt va e’tiborni talab qiladi va tasodifan taqiqlangan narsalarni iste’mol qilib qo‘ymaslik uchun ko‘proq tashvish uyg‘otadi.
Ko‘plab tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, bu turdagi stressli diyetalar samarasizdir: surunkali stressga javoban, organizm qon oqimiga ko‘p miqdorda kortizol gormonini chiqaradi, bu esa yog‘ zahiralarining to‘planishiga yordam beradi, ayniqsa qorin bo‘shlig‘ida. Bundan tashqari, oziq-ovqat bilan bog‘liq doimiy tashvish depressiyaning rivojlanishiga olib kelishi mumkin, shuningdek, ortoreksiya – diyeta haqida tashvishlanishning kuchayishi bilan tavsiflanadi. Ortoreksiya ba’zi diyetologlar tomonidan jiddiy ovqatlanish buzilishining birinchi qadami deb hisoblanadi.
Meva iste’mol qiling va sut iching
Shakarni to‘liq va qat’iy rad etishni talab qiladigan ba’zi diyetalar muhim oziq-ovqatlarni ham ratsiondan chiqarib tashlashga majbur qiladi. Misol uchun, ko‘plab parhezlar birinchi navbatda meva va rezavorlarni diyetadan butunlay chiqarib tashlashni, keyin esa ularning bir qismini asta-sekin qaytarishni tavsiya qiladi. Lekin deyarli barcha mevalar diabet, ayrim saraton va yurak kasalliklari xavfini kamaytirishga yordam beradigan kletchatka, vitaminlar, minerallar va antioksidantlarning bebaho manbayidir.
Mevadan voz kechish hech kimni sog‘lom qilmaydi, aksincha, jiddiy kasalliklarga qarshi muhim va oddiy himoyadan mahrum qiladi. Qattiq diyeta tarafdorlarining yana bir noto‘g‘ri tushunchasi – sut va pishloqdan voz kechish. Ammo haqiqat shundaki, bu mahsulotlar tarkibidagi tabiiy shakar sog‘likka zarar yetkaza olmaydi, shuningdek, pishloq va sut iste’mol qilmaslik osteoporoz xavfini oshiradi, kalsiy tanqisligi yuzaga keladi.
Ko‘proq sabzavot, dukkakli yoki loviya iste’mol qilish mumkin, to‘liq donli non va mevalar ham zararli emas. Ha, ehtimol, shakarni ozroq iste’mol qilsa bo‘lar, lekin undan butunlay voz kechishning hojati yo‘q. Har bir stakan kakao va hatto shokoladli tortdan rohatlanish mumkin, lekin har kuni emas. Salomatlik – raqam yoki ma’lum bir o‘lchov emas, shuni unutmaslik lozim. Oziq-ovqat mahsulotari haqida qanday fikrda bo‘lish, ularni iste’mol qilish kabi muhimdir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi