Go‘shtdan voz kechish salomatlikka qanday ta’sir qiladi? Bu haqida Harper’s Bazaar nashri ma’lumot beradi.
Hayvon yog‘idan farqli o‘laroq, o‘simlik yog‘i autointoksikatsiya keltirib chiqarmaydi, hazm jarayonida organizmni zaharlamaydi. Go‘sht iste’moli davomida oshqozon-ichak traktida zo‘riqish o‘simlik mahsulotlari yeyilganidan ko‘proq bo‘ladi. Shu sabab ham bir likopcha yog‘li steyk iste’molidan keyin oshqozon og‘ir bo‘lib qoladi. Ratsionda sabzavot, meva, dukkakli mahsulotlar bisyor bo‘lsa, hazm jarayonida odam o‘zini yengil his qiladi.
Vegetarianlar gipertoniya, shakarli diabet va yurak-qon tomir kasalliklaridan kamroq aziyat chekadi. Vazn ortishi, yurak ishemik kasalliklarining kelib chiqish xavfi kam bo‘ladi. Shuningdek, o‘simlik mahsulotlari, ateroskleroz rivojlanishiga sabab bo‘lmaydi.
Yuqoridagi afzalliklarga qaramay, ratsionning balansda emasligi salomatlik bilan bog‘liq turli muammolarga olib kelishi mumkin. Go‘shtdan voz kechgan odamlarda birinchi bo‘lib oqsil tanqisligi kuzatiladi. Birgina tovuq go‘shti iste’mol qilinganda organizm barcha aminokislotalar bilan to‘yinadi. Go‘shtdan voz kechilgandagi ikkinchi muammo esa temir moddasi tanqisligi hisoblanadi. Gap shundaki, chorva mahsulotlarida o‘simlik mahsulotlaridan tezroq singadigan temir mujassam bo‘ladi.
Shuningdek, omega-3 yog‘ kislotasining yetishmasligi ham eng asosiy kamchiliklardan sanaladi. Agar mol, qo‘y go‘shti o‘rniga baliq va dengiz mahsulotlari iste’mol qilinsa, muammo kuzatilmasligi mumkin. Agar ushbu mahsulotlar ratsionda bo‘lmasa, ko‘proq yong‘oq, dukkakli mahsulotlar, o‘simlik yog‘i va avokado bo‘lishiga e’tibor qarating. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Bank of China sobiq rahbari o‘lim jazosiga hukm qilindi
Kreml yangi safarbarlik bo‘lmasligini ma’lum qildi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi