20:15 / 30.11.2021
2 947

Lo‘ppi yonoqlardan xalos bo‘lishga ko‘maklashuvchi yuz mashqlari

Lo‘ppi yonoqlardan xalos bo‘lishga ko‘maklashuvchi yuz mashqlari
Foto: Marie Claire
Parhez va sport mashqlarini kanda qilmaslik orqali sarvqomat ko‘rinishga ega bo‘lish mumkinligi rost, ammo yuzdagi muammolarni bartaraf qilish uchun buning o‘zi yetmasligi mumkin. Gap shundaki, yuz mushaklari ham qomat singari faol bo‘lishga ehtiyoj sezadi. Marie Claire nashri har kuni bajarish mumkin bo‘lgan mashqlar haqida ma’lumot berib o‘tadi.

Alifbodagi harflarni dona-dona qilib aytish
Alifbodagi harflarni ovoz chiqargan holda birma-bir aytib chiqing. Ayniqsa, unlilarning aytilishiga e’tibor bering. A harfida og‘zingizni iloji boricha kattaroq ochishga harakat qiling. E harfida bo‘lsa tabassum qiling, bu yonoqlar uchun a’lo mashq bo‘ladi. I — takror tabassum qiling. O — lablaringiz ushbu harf shaklini takrorlasin, U — lablar birlashsin.

Foto: Marie Claire
Mazkur mashq nafaqat yonoqlarni, balki bo‘yin terisi va iyaklarni ham taranglashtiradi.

Lunjni havo bilan to‘ldirib amalga oshiriladigan mashq
Og‘iz bo‘shlig‘ini go‘yo shar puflamoqchidek to‘ldiring va 10 soniya holatni saqlang, keyin yuz mushaklariga dam bering. Ushbu mashqni 2 daqiqa takrorlang. Shundan keyin og‘izni katta ochib, tilingizni imkon boricha chiqaring, 10 soniya shunday turishga harakat qiling. So‘ngra go‘yo «o» demoqchi bo‘lgandek og‘izni oching. Bir necha soniyadan keyin og‘izni yopish mumkin bo‘ladi.

Foto: Marie Claire
Og‘izni yana havo bilan to‘ldiring, labning pastki qismini shishiring. Og‘iz-burun atrofidagi burchakda biroz zo‘riqish sezilishi kerak. 10-15 soniyadan keyin qoshlarni xuddi biror narsadan hayratlangandek ko‘taring. 20 soniya shundoq turing. Yuz mashqlarini bajarish davomida nafasning to‘g‘ri olinishiga e’tiborli bo‘ling. Chuqur va diafragmani to‘ldirib, yaxshiroq olingan nafas hujayralarni kislorod bilan ta’minlab, qon aylanishini yaxshilaydi.

Yuz mushaklarini ishlatish
Lo‘ppi yonoqlarni parhez qilish orqali yo‘qotish mumkin, ammo yuzning shakli o‘ziga xos bo‘lishi uchun buning o‘zi yetarli emas. Gap shundaki, yuz mushaklari alohida mashqlarini talab qiladi. Bolalikdagidek yuzni burishtirish yuz shaklini yaxshilashning eng yaxshi usuli hisoblanadi.

Foto: Marie Claire
Lablarni birlashtirib suratdagidek mashqni bajarish va ushbu vaziyatni 30 soniya ushlab turish bu borada yaxshi samara beradi. Erta ajin tushishining oldini olish uchun bu vaqtda ko‘zlarni katta ochish muhim.

Baqbaqani yo‘q qilishga yordam beradigan mashq
Lo‘ppi yonoqlardan tashqari, osilgan baqbaqadan ham aziyat chekadigan bo‘lsangiz, ushbu mashq siz uchun ayni muddao. Buning uchun boshni ehtiyotkorlik bilan orqaga keyin esa oldinga eging.

Foto: Marie Claire
Bu vaqtda bo‘yin va yuz mushaklarida yengil zo‘riqish kuzatilishi kerak. Natija bir necha haftadan keyin sezilishi uchun ushbu mashqni kuniga 30 marta bajarish kerak. Yanada yaxshi samara bo‘lishi uchun esa namlantiruvchi krem yordamida yuzni yengil massaj qilish tavsiya qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Lo‘ppi yonoqlardan xalos bo‘lishga ko‘maklashuvchi yuz mashqlari