2 585
Kun davomida bir soat tik turib ishlansa, salomatlikda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?
Foto: «Domashniy ochag»
Kunni ish yoki o‘qish sabab o‘tirgan holda o‘tkazish salomatlik bilan bog‘liq turli muammolarga olib kelishi mumkin. Sayr qilish, har 30 daqiqada mashq bajarishga esa har doim ham vaqt topilmasligi mumkin. «Domashniy ochag» jurnalida yozilishicha, ofisdan chiqmay turib ham zararni kamaytirish mumkin. Buning uchun hech bo‘lmaganda 1 soat tik turib ishlashning o‘zi kifoya qiladi.
Qandli diabet xavfi kamayadi
Diabetologia jurnalida chop etilgan maqolada yozilishicha, odam qancha vaqtini kamroq o‘tirib o‘tkizsa, qandli diabet bilan kasallanish xavfi shuncha kam bo‘ladi. Tadqiqot mualliflarining fikricha, bu hatto doimiy ravishda jismoniy faol bo‘lishdan ham samaraliroq bo‘lish mumkin. Odam qancha ko‘p o‘tirsa, qondagi xolesterin va shakar miqdori shuncha ko‘p bo‘lishi mumkin.
Yurak va qon-tomirlar sog‘lom bo‘ladi
Avstraliyalik mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan, 45—65 yoshli ishtirokchilar qatnashgan tadqiqotda, har kuni 4 soat yoki undan kamroq o‘tiradigan kishilar gipertoniya, yurak va qon-tomir kasalliklari bilan kamroq kasallanishi aniqlangan.
Saraton xavfi kamayadi
Amerikaning saraton jamiyatining tadqiqotchilarining ma’lumotiga qaraganda, kuniga 6 soat va undan ko‘proq vaqt o‘tirib o‘tkazilsa, yo‘g‘on ichak saratonidan vafot etish xavfi 36 foizga ortadi. Olimlar buning nima bilan bog‘liq ekanligini aniqlamagan, ammo ularning taxmin qilishicha, uzoq vaqt davomida o‘tirish qondagi glyukoza va insulin me’yorining yomonlashishiga, bu esa o‘simta o‘sishiga olib kelishi mumkin.
Yurakni yog‘ bosish xavfi kamayadi
Doimiy ravishda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish ichki a’zolar atrofida yig‘ilgan yog‘ni erishiga yordam beradi, degan to‘xtamga kelgan Kaliforniya universiteti olimlari. Shu sabab ham yurakni yog‘ bosishdan himoyalashning eng yaxshi usuli — kamroq o‘tirish hisoblanadi.
Buyraklar himoyada bo‘ladi
Kun davomida 3 soatdan kam o‘tirgan ayollarda buyrak kasalliklarining rivojlanish xavfi, 8 soatlab o‘tiradiganlarga nisbatan 30 foizga kamroq bo‘ladi. Erkaklarda esa ushbu ko‘rsatkich 15 foizni tashkil qiladi.
Qomat tik bo‘ladi
Uzoq vaqt davomida harakatsiz o‘tirish ham qomatga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Umurtqa pog‘onasi va yelkalar salomatligi uchun esa iloji boricha ko‘proq qomatni tik tutib yurish va jismoniy faol bo‘lish kerak.
Bel og‘rig‘i bezovta qilmaydi
O‘tirganda gavdaning bel sohasiga turgandan ko‘ra ko‘proq og‘irlik tushadi. 6-8 soatlab o‘tirish haqida-ku gapirmasa ham bo‘laveradi.
Ko‘rish qobiliyati yaxshilanadi
Odam turganda kompyuterdan uzoqroq bo‘ladi. Bo‘yin mushaklar zo‘riqmaydi va qon aylanishi yaxshilanadi. Bu esa ko‘rish qobiliyatiga ham ijobiy ta’sir qiladi.
Ichak saratonining xavfi kamayadi
O‘tirish bilan bog‘liq turmush tarzi qon quyilishining eng asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida ichaklar salomatligiga ta’sir qilib saraton kelib chiqishiga olib kelishi mumkin.
Qon bosimi yaxshilanadi
Odam tik turganida qon o‘tirganidan yaxshiroq aylanadi, tomirlarda zo‘riqish kuzatilmaydi. Buning hisobiga qon bosimi ham me’yorda bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi