Javohir Zokirov rafiqasi Shahrizod G‘ulomova bilan
Taniqli aktyor Javohir Zokirov Salom live YouTube kanaliga bergan intervyusida hayoti davomida uch marta uylangani va oila qurishga jiddiy yondashish kerakligi haqida gapirdi.
«Uch marta uylanganman. Birinchisiga 30 yoshimda uylanganman. Bilasizmi, kech yoki erta degan narsani tushunmayman, bizda yosh uylantirib qo‘yishadi-ku. O‘zi erkak kishi 30-40 yoshida sekin o‘zini tanib, erkakligini his qiladi, deb o‘ylayman. Yevropada kech turmush quriladi, ular oila qanaqa bo‘lishi kerak, qanday munosabat qurish kerakligini tushinib oladi. Bizda buni bilishmaydi, faqat uylantirib qo‘yishsa bo‘ldi. Bu narsaga jiddiy qarash kerak. Shuning uchun kech uylanganman. Men o‘zimni o‘zim oqlayotganim yo‘q. Lekin o‘ylashimcha, voyaga yetgan boladan ‘Uylanishga tayyormisan’, deb so‘rash kerak. Farzandli bo‘lgandan keyin, ilm berish kerak, o‘qitish kerak, hammasiga tayyor bo‘lishi kerak», — deydi aktyor.
«Birinchi turmushingizda bir necha yil farzand bo‘lmaganmi?», — degan savolga aktyor quyidagicha javob beradi:
«Yo‘q, unaqasi bo‘lmagan. Birinchi turmushimdan bir yil o‘tib ajrashganman. Ikkinchi ayolim bilan ham bir yil yashab, ajrashganman. U har xil bo‘htonlar tarqatib, hamma yerga xatlar yozgan».
Javohir Zokirov, shuningdek, suhbat davomida agar rafiqasi ishlamaganida moddiy tomondan qiynalib qolishini, rafiqasining tarjimon sifatida faoliyat yuritishini ham aytib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
O‘zbekistonda 1 dekabrdan uy-joyni ta’mirlash uchun kreditga arizalar qabul qilinadi
Lukashenko polshalik qochoq sudyaga boshpana taqdim etdi
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Abdusalom Azizovning Xavfsizlik kengashiga o‘tkazilgani tasdiqlanmadi
Ukraina armiyasiga yollangan britaniyalik Rossiyada asirlikka tushdi