Foto: Marie Claire
Kaliy, kletchatka, C va B6 vitaminining koni hisoblangan banan iste’moli sog‘liq uchun qanchalik foydali ekani haqida Marie Claire nashri ma’lumot berib o‘tadi.
Ikki dona bananda qancha miqdorda foydali minerallar mujassam?
- 900 mg kaliy: 24 foiz;
- 54 g uglevod: 18 foiz;
- 2 g kletchatka: 24 foiz;
- 28 g shakar;
- 6 g oqsil: 4 foiz;
Jami 210 kkal bo‘ladi. Qolaversa, 2 foiz A vitamini, 3 foiz C vitamini, 2 foiz temir moddasi, 40 foiz B6 vitamini va 16 foiz magniyni o‘z ichiga oladi.
Organizm kaliy bilan to‘yinadi
Energiya bilan ta’minlashdan tashqari, kaliy yurak urishining me’yorda bo‘lishi, shakarni parchalash uchun organizmdan o‘z vaqtida insulin ajralishiga ham hissa qo‘shadi. Voyaga yetgan inson uchun kaliyning kunlik me’yori 3,500-4,700 mg hisoblanadi. Banan esa yuqorida ta’kidlanganidek kaliyning koni.
Saraton kasalliklarining kelib chiqish xavfi kamayadi
Barra sabzavot va mevalarni o‘z ichiga oladigan parhez saraton profilaktikasida muhim rol o‘ynaydi. Bananda esa kanserogenlar salbiy ta’sirining oldini olib, zararli radikallarga qarshi kurashishda ahamiyatli bo‘lgan C vitamini bisyor. Tarkibidagi kletchatka, hazm tizimi faoliyatini yaxshilab, yo‘g‘on ichakda saraton paydo bo‘lishining oldini oladi.
Yurak faoliyati yaxshilanadi
Kaliy va natriy balansi yurak salomatligi uchun muhim sanaladi. O‘tkazilgan tadqiqotda kuniga 4,069 kaliy qabul qilgan insonlarda yurak ishemik kasalligidan vafot etish xavfi yo‘q deganda 49 foizga kamayishi aniqlangan. C va B6 vitamini, kletchatkaga boy bo‘lgan banan yurak salomatligini yaxshilaydi.
Ham mazali ham foydali
Foydaning koni sanalgan banan mazali ekani bilan ham o‘ziga xosdir. Tarkibidagi shakar tabiiy ekani sabab me’yordan oshirib yuborilmasa, salomatlikka salbiy ta’sir qilmaydi. Qolaversa, kletchatkalari hazm jarayoniga ijobiy ta’sir qilib, qondagi qand miqdori keskin ko‘tarilishining oldini oladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar