11:08 / 26.12.2021
1 210

Qanday parhez erta qarishga olib keladi?

Qanday parhez erta qarishga olib keladi?
Foto: «Domashniy ochag»
Qaysi parhezga rioya qilish erta qarishga olib kelishi mumkinligi haqida tibbiyot fanlari doktori Kris Verburg ma’lumot berib o‘tadi.

Uglevodlar zararlimi?
Paleoparhez qadimgi insonlar yegan mahsulotlarni iste’mol qilishga qaratilgan bo‘ladi. Paleolit davrida odamlar ov bilan shug‘ullangani sabab, ularning ratsionidan go‘sht, baliq, yong‘oq, tuxum, qo‘ziqorin bisyor, meva, sabzavot va ko‘katlar esa biroz kamroq bo‘lgan. Savol tug‘iladi: paleoparhez zararlimi? Bunga ha va yo‘q deb javob berish mumkin.

«Salomatlik uchun sabzavotlar, meva, qo‘ziqorin va yong‘oq borligi uchun ham mazkur parhezni unchalik yomon deb bo‘lmaydi. Dehqonchilikka asoslangan turmush tarziga taxminan 10 ming yil avval o‘tilgani sabab, ratsionga keyinchalik kirib kelgan sut va bug‘doydoshlar, xususan, non, guruch hamda makaron singari mahsulotlar iste’mol qilinmaydi. Agar kamroq don mahsulotlari va ko‘proq sabzavot, yong‘oq, meva va baliq iste’mol qilinsa, o‘zingizni yanada sog‘lom his qilib, ortiqcha vazn yo‘qotishingiz mumkin», — deydi mutaxassis.

Amerikalik shifokor-kardiolog Robert Atkinsning parhezida taomning soni emas, sifati muhim. Unda asosiysi oqsilga boy taomlarni iste’mol qilib, shakar, non, guruch va makaron singari uglevodlarni ratsiondan chiqarib tashlash muhim sanaladi. Ammo ushbu parhezga rioya qilish organizmning suvsizlanishi va xolesterinning ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Gap shundaki, oqsilga boy ovqatlanish tarafkashlari nonushtaga 4 dona tuxum va go‘sht, tushlikka esa sabzavot va go‘sht, kechki ovqatga esa go‘sht hamda brokkoli iste’mol qiladi. Ammo bu hayvon oqsili bisyor ekani sabab erta qarishga olib keladi.

Yog‘larning kamligi — yomonmi?
Yog‘larda yurak uchun zararli bo‘lgan kaloriya bisyor ekani sabab yog‘dan tiyilish kerakligi aytiladi. Ammo mutaxassisning ta’kidlashicha, organizmdagi a’zolar faoliyati uchun yog‘ muhim sanaladi.

Qaysi parhez yaxshiroq?
Kris Vedburgning «Uzoq yashash kodeksi» kitobida uch xil parhez taqqoslab ko‘rilgan. «Olimlar kaloriyasi teng bo‘lgan (kuniga 1600 kaloriya) uch xil parhezni: yog‘ kam bo‘lgan, glikemik indeksi yuqori bo‘lmagan va kam uglevodni o‘z ichiga oladigan parhezni taqqoslab ko‘rgan. Ikkinchi va uchinchi parhezda birinchisidan ko‘ra sog‘lomroq natija qayd etilgan: qondagi yog‘ miqdori, insulinga sezuvchanlik, arterial qon bosim kamaygan. Boshqa bir tadqiqotda ham qondagi shakar miqdorini ko‘tarilishiga sabab bo‘lmaydigan glikemik indeksi past yoki uglevodlar kam bo‘lgan parhez samarali ekani aniqlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qanday parhez erta qarishga olib keladi?