19:43 / 28.12.2021
1 743

Stress tufayli yuzaga keladigan kasalliklar

Stress tufayli yuzaga keladigan kasalliklar
Foto: Pinterest
«Barcha kasalliklar asabdan» iborasi hammaga tanish, lekin ko‘pincha u jiddiy qabul qilinmaydi. Stress – hozirgi davrda har bir insonning hayotida mavjud, bunga hamma o‘rganib qolgan. Shuning uchun ham asabiy holat odatiy deb hisoblanadi. Ammo bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Psixosomatika nima?
Psixosomatika – bu yunonchadan «ruhiyat va tana» ma’nosini bildiradi: psixologik omillar – shaxslar bilan munosabatlar, bajarilmagan istaklar, bostirilgan his-tuyg‘ular, ichki ziddiyatlar kabi ruhiy holatlarni tanaga salbiy ta’siridir.

Psixosamatika nazariyasi tomonidan ta’kidlangan halokatli his-tuyg‘ular haqida batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz. Ular orasida vahima, g‘azab, aybdorlik hissi, sharmandalik – bularning barchasi tanada «siqish» mexanizmini ishga soladi. Vahima va g‘azabda yurak qanday «siqilishini» hamma biladi yoki qayg‘uga botganda yolg‘iz qolish istagi paydo bo‘ladi. Bu psixosamatikaning ishi.

Salbiy his-tuyg‘ulardan qochib qutulib bo‘lmaydi. Biror kishi paydo bo‘lgan g‘azab, qo‘rquv, tashvishni bostirishga harakat qilmasin, baribir ular o‘zini namoyon qiladi. Bostirilgan g‘azab, alamga aylanadi, keyin esa tanani kasal qiladi. Ko‘pincha jigar, agar g‘azab o‘ziga qaratilgan bo‘lsa, yoki boshqalarga nisbatan bo‘lsa, yurak-qon tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar paydo bo‘ladi.

Yashirin alam va aytilmagan shikoyatlar doimiy yo‘tal, hatto surunkali bronxitga olib kelishi mumkin. Tajovuz, g‘azab uzoq vaqt bostirilsa, orada to‘satdan qo‘rqib ketish holati yuzaga kelsa, nafas qisilishi xurujlari paydo bo‘ladi, bu bronxial astma belgilaridir. Qo‘rquv, alam, g‘azab va boshqa salbiy his tuyg‘ular doimiy ravishda bo‘lsa, oshqozon, ichak, buyrak, yurak, qalqonsimon bez va boshqa a’zolarda kasalliklar paydo qiladi.

Aslida vahima, stress o‘z-o‘zini saqlab qolish uchun yaratilgan. Hayotga tahdid qilinganda, qonda stress gormonlari oshadi natijada yurak urishi tezlashadi, tez- tez nafas olinadi. Miyaga kislorod yetkazib berish oshadi, oshqozon torayadi, ortiqcha qon aylanmasligi uchun hazm qilish jarayoni to‘xtaydi, mushaklar kuchi oshadi. Ibtidoiy davrda odamlarning qo‘rquvga javob berishi juda muhim bo‘lgan, ular o‘ljaga hujum qilgan yoki qochgan.

Psixosomatik kasalliklarni kelib chiqmasligi uchun asabni yaxshilash, bo‘lib o‘tayotgan salbiy holatlarni to‘g‘ri baholash va ularni yengish kerak.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Stress tufayli yuzaga keladigan kasalliklar