09:54 / 30.12.2021
1 407

Gulkaram, suli yormasi va jigar salomatligi uchun muhim bo‘lgan boshqa mahsulotlar

Gulkaram, suli yormasi va jigar salomatligi uchun muhim bo‘lgan boshqa mahsulotlar
Foto: Harper’s Bazaar
Hayot uchun eng muhim a’zolardan hisoblangan jigar bilan bog‘liq muammolar kelib chiqmasligi uchun qanday mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya qilinishi haqida Harper’s Bazaar nashri ma’lumot berib o‘tadi.

Rang-barang sabzavotlar
Sabzavotlarning rangi tabiiy antioksidant hisoblangan karotinoid bilan bog‘liq — qancha yorqin bo‘lsa, foydali moddalar shuncha bisyor bo‘ladi. Sabzavot tarkibidagi jigar hujayralarini zararli radikallardan himoya qiladigan antioksidantlar yallig‘lanish jarayonining oldini oladi, shuningdek, qarish jarayonini ham sekinlashtiradi. Shu bois ratsiondan qovoq, sabzi va bulg‘or qalampiri singari rang-barang sabzavot va mevalarning o‘rin olishi muhim sanaladi.

Gulkaram
Gulkaramda nafaqat jigar, balki butun organizm salomatligi uchun zarur bo‘lgan vitamin va minerallar bisyor bo‘ladi. Uni kanda qilmaslik jigar faoliyatini yaxshilaydi, safroning faol ajralishi hamda organizmdan shlaklarni jadal chiqarib yuborishga hissa qo‘shadi. Parhezbop bo‘lgani sabab vazn ortishidan qo‘rqmay iste’mol qilish va ratsionga qo‘shish mumkin.

Avokado
Antioksidant, vitamin hamda yog‘ kislotalarining koni bo‘lgan avokado jigar uchun juda ham foydali sanaladi. Jigar hujayralarini mustahkamlab, ularning qayta tiklanishiga hissa qo‘shadi. Tarkibidagi antioksidant esa jigar faoliyatini yanada jadallashtiradi.

Suli yormasi
Kletchatka, jigar hujayralarining zararlanishi hamda surunkali kasalliklarning kelib chiqish ehtimolini kamaytiradigan beta-glyukanga boy sanalgan suli yormasi oshqozon-ichak trakti, miya faoliyatini yaxshilab, vaznning me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi. Sekin hazm bo‘ladigan uglevodlar serob ekani sabab uzoq vaqt to‘q tutib, ortiqcha ovqatlanishning oldini oladi.

Quritilgan mevalar
Quritilgan mevalar jigarning me’yoriy faoliyati uchun zarur bo‘lgan glyukoza, vitamin va minerallar, shuningdek, kletchatkaning ham koni. Quritilgan o‘rik, olxo‘ri va anjir singari mahsulotlar jigar uchun ayniqsa foydali hisoblanadi. Ammo kaloriyaga boy ekani bois iste’mol borasida me’yorni bilish va haddan ortiq darajada iste’mol qilmaslik tavsiya qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Gulkaram, suli yormasi va jigar salomatligi uchun muhim bo‘lgan boshqa mahsulotlar