Foto: Freepik
Odamlar orasida eng jiddiy parhezga ham rioya qila oladigan kefir va olma iste’molining o‘zi bilan cheklanishi mumkin bo‘lganlar yo‘q emas. Ammo hammada ham bunchalik iroda bo‘lavermaydi. Parhez tutib yurgan aksariyat kishilar biroz vaqt o‘tganidan keyin shirinlik iste’mol qilishni istashi mumkin. Cosmopolitan nashri mana shu toifaga kiradigan kishilarga asqatadigan tavsiyani e’tiboringizga havola qiladi.
Ma’lum bo‘lishicha ishtahani bo‘g‘ish xususiyatiga ega bo‘lgan yalpiz bu borada sizga yordam berishi mumkin. Yalpizni — (yog‘i, choyi hatto saqich ham bo‘laveradi) doimiy ravishda hidlash ishtahani bo‘g‘gani hisobiga ham vaznga ijobiy ta’sir qiladi. Bu Uiling universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda aniqlangan. Unda ishtirokchilar 2 guruhga bo‘linib, 5 kun davomida istalgan mahsulotni iste’mol qilgan. Bir guruh ishtirokchilar ikkinchisidan farqli ravishda har ikki soatda yalpiz hidlagan.
Natijaga ko‘ra, yalpizni hidlagan ishtirokchilar bir hafta mobaynida boshqa guruhdagilarga nisbatan 3485 kaloriyaga kamroq ovqatlangan, qolaversa ular ochlik hissi u qadar bezovta qilmaganini ta’kidlagan. Ushbu tavsiya asosan Yangi yildagi bazm-u jamshid arafasida ayni muddao hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, buning qanday ish berishi ma’lum emas. Lekin taxminlarga ko‘ra yalpizning o‘tkir hidi miyani boshqa narsalar, xususan, ochlikdan chalg‘itadi.
Olimlarning yana bir xulosasiga ko‘ra, yalpiz motivatsiyani ham oshirish xususiyatiga ega. Ish samaradorligini oshirishi mumkinligi sabab ham yalpiz bilan bog‘liq ushbu tavsiyaga amal qilish tavsiya qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”