Foto: «MedPortal.ru»
Agar qon bosimi ko‘rsatkichlari me’yoridan yuqori (120/80 dan ortiq raqamlar qon bosimiga e’tibor berish kerakligini ko‘rsatadi) yoki shunchaki sog‘lom turmush tarzini olib borish kerak bo‘lsa, ratsionga bir necha foydali mahsulotlarni kiritish tavsiya etiladi.
Kartoshka
Po‘sti bilan pishirilgan kartoshka og‘ir taom emas, u aslida qon bosimini normallashtiradigan kaliy va magniyga boy. Bundan tashqari, o‘rta kattalikdagi kartoshkada faqat 150—160 kkal mavjud. Tozalanmagan kartoshkani pishirish yoki qaynatish va smetana yoki tabiiy yogurt bilan iste’mol qilish – organizm uchun ikki baravar foyda.
Sut yoki yogurt
Kuniga 1 porsiya sut mahsulotlarini o‘z ratsioniga kiritganlar vaqti-vaqti bilan yogurt iste’mol qiladiganlarga qaraganda, gipertoniya rivojlanish xavfini 11 foizga kamaytiradi. Kunni sutli bo‘tqa, kam yog‘li yogurt va mevalar bilan yoki smuzi iste’moli bilan boshlash tavsiya etiladi.
Kakao
Avstraliyada o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, tabiiy kakao kukuni o‘z ichiga olgan oziq-ovqatlar qon bosimini pasaytirishi mumkin, chunki flavonoidlar qon tomirlarining salomatligini yaxshilaydi. Garvardda qora shokoladning xususiyatlari o‘rganilib, qon bosimi yuqori bo‘lgan odamlar uchun foydali degan xulosa qabul qilindi. Shokolad yuqori kaloriyali mahsulotidir, shuning uchun undan 20 gramm yoki 1 osh qoshiq kakao bilan cheklangan ma’qul.
Loviya
Gipertoniya uchun ratsionga qanday boshqa oziq-ovqatlarni kiritish muhim? Dukkakli mahsulotlar tola, magniy va kaliyga boy bo‘lib, bularning barchasi qon bosimini optimal darajada ushlab turishga yordam beradi. Agar har kuni loviya, no‘xat yoki yasmiq iste’mol qilinsa, qon bosimi 3-5 darajaga kamayishi mumkin. Dukkaklilarni sho‘rva, yegulik, salatlar va ruletlarga qo‘shish mumkin.
Banan
Banan – kaliyning ajoyib manbayi. Agar tuzli mahsulot iste’mol qilishda cheklovlar o‘rnata olish qiyin bo‘lsa, banan uning zararli ta’sirini kamaytirishga qodir. Kattalar kuniga 4,7 gramm kaliyga muhtoj; bitta bananda tavsiya etilgan miqdorning taxminan 12 foizi mavjud. Ertalab bananni bo‘tqaga qo‘shib yoki tilimlarga kesib olib, mazali desertlar bilan iste’mol qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi