Foto: Pinterest
Sabzavotlarning barchasi bir xilda foydali emas, ba’zilari vazn ortishiga olib kelishi, hatto qonda shakar miqdorini oshirishi mumkin.
Ortiqcha vazndan xalos bo‘lis uchun non va shakardan voz kechib, sabzavotlar iste’mol qilish kerakmi? Buning birinchi qismi to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, lekin ikkinchisini o‘ylab ko‘rish kerak. Sabzavotlar orasida ham semirtiradiganlari bor: tashqi ko‘rinishidan zararsiz va hatto foydali, lekin aslida ular qo‘shimcha kilogrammlarga sabab bo‘ladi.
Sabzi
Yurak uchun zararli: juda mazali va sog‘lom. Sabzida vazn uchun xavfli bo‘lgan saxarozaning yuqori miqdori mavjud, ayniqsa, ularni ko‘p miqdorda iste’mol qilish. Shuning uchun kuniga bitta sabzi yeyish tavsiya etiladi.
Bodring
Yozda ushbu sabzavot sog‘liq uchun deyarli zarur, chunki u juda ko‘p suvni o‘z ichiga oladi va tanadagi namlik muvozanatini saqlashga yordam beradi. Bu esa suvsizlanishga qarshi samara beradi. Ammo bodringda kletchatkalar juda kam, shuning uchun juda tez hazm qilinadi va organizm boshqa narsani iste’mol qilishni xohlaydi. Bodring tufayli boshqa mahsulotlar tanovul qilinadi va natijada vazn ortishi kuzatiladi.
Lavlagi
Juda foydali va mazali ildiz sabzavot, lekin, afsuski, u shakar, kraxmal va uglevodlarni o‘z ichiga oladi. Lavlagini, birinchi navbatda, qonda shakar darajasi yuqori bo‘lganlar ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishi kerak. Bu sabzavot glyukozaning ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Agar glyukoza qarshiligi xavfi mavjud bo‘lmasa ham lavlagi me’yoridan ortiq iste’mol qilish mumkin emas. Lavlagining tanada yog‘ni ishlatishdan ko‘ra saqlashni rag‘batlantirishini tasdiqlovchi tadqiqotlar mavjud.
No‘xat
No‘xat sog‘liq uchun foydali, chunki ular juda ko‘p foydali kletchatkalarni o‘z ichiga oladi, ammo ular kraxmal va boshqa oziq moddalarga boy. Bu bel atrofidagi yog‘larni saqlashga yordam beradi. Shunday qilib, ushbu mahsulotni kamroq iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Makkajo‘xori
Vazn yo‘qotishga jiddiy yondashganlar makkajo‘xoridan butunlay voz kechishi kerak bo‘ladi. Bu sabzavot juda ko‘p shakarni o‘z ichiga oladi, bu glyukozaning keskin ko‘tarilishining asosiy sababidir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi