Foto: Freepik
Terlash va yoqimsiz hid anqishining oldini olishda asqatadigan vositalardan foydalanishda qanday xatolarga yo‘l qo‘yilishi haqida Marie Claire nashri ma’lumot berib o‘tadi.
Dezodorant va antiperspirantni farqiga bormaslik
Dezodorantning asosiy vazifasi yoqimsiz hidni bartaraf qilish, antiperspirantniki esa ter ajralishini nazorat qilish hisoblanadi. Agar terlash bilan bog‘liq muammo bo‘lmasa, birinchi vositani; aksincha bo‘lsa, ikkinchisini ishlatish tavsiya qilinadi.
Dezodorant va antiperspirantni dush qabul qilgandan keyin darhol yoki kir teriga surtish
Yaxshiroq samara berishi uchun antiperspirantni toz va quruq teriga surtish kerak. Shu sabab ham dush qabul qilgandan keyin 15-20 daqiqa o‘tib ishlatish maqsadga muvofiq. Dush qabul qilish imkoni bo‘lmasa, namlantirilgan salfetkadan foydalaning. Har ikkala vositadan ham terlab turganda foydalanmaslikka harakat qiling.
Antiperspirantdan ertalab foydalanish
Yaxshi samara berishi uchun vosita singib, qurishi uchun vaqt kerak bo‘ladi. Shu sabab ham antiperspirantni kechki qabul qilingan dushdan keyin surtish, qoldig‘ini esa tongda yuvib tashlash kerak.
Haddan ortiq ko‘p foydalanish
Antiperspirantni dezodorant bilan almashtirib haftada 2-3 marta ishlatish, miqdori ortib ketmasligiga e’tibor berish kerak. Haddan ortiq foydalanish allergik reaksiyalar va teri bilan bog‘liq boshqa muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, ularda kundalik foydalanish zararli bo‘lishi mumkin bo‘lgan triklozan, tuz, aluminiy va boshqa kimyoviy moddalar bor.
Kun davomida bir martadan ko‘p foydalanish
Gipergidrozdan aziyat cheksangiz, dermatolog shifokordan tavsiya olganingiz ma’qul.
Dezodorant va antiperspirantdan foydalanish bilanoq kiyinish
Dezodorant va antiperspirantdan foydalangandan keyin darhol kiyinish kiyimlarda dog‘ qolishiga sabab bo‘ladi. Agar juda ham shoshayotgan bo‘lsangiz, kiyinishdan avval fenni sovuq rejimiga qo‘yib quritib oling. Quriganidan keyingina kiyinsangiz bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi