
“Sovuq havoda haddan tashqari issiqlik tromboz xavfini oshiradi”, degan jarroh va kardiolog Vladimir Xoroshev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, issiqxona effekti qon quyqalarini hosil qilish foizini oshiradi.
«Agar harorat uch-to‘rt daraja issiq yoki sovuq bo‘lsa va odam bir necha sharfga o‘ralib, uch-to‘rtta sviter kiygan bo‘lsa, bu tromboz shakllanishiga olib keladi», deb tushuntirgan Xoroshev.
Trombozning boshqa sabablarini shifokor sovuq urishi, oyoq-qo‘llarning shikastlanishi, koronavirus oqibatlari va surunkali kasalliklar bilan bog‘lagan. Shuningdek u o‘tkir trombozning dastlabki belgilari haqida ham gapirgan.
«Birinchi va eng muhim signal og‘riq bo‘lib, u tromboz kelib chiqqan joyiga qarab seziladi», deb tushuntirgan shifokor.
Xoroshevning aniqlik kiritishicha, tromboz o‘rnida oyoq-qo‘llarda sovuqlik seziladi. Kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lishi bilanoq, shifokorga ko‘rinish maslahat berilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar