Foto: Marie Claire
Bel va umurtqa sohasidagi og‘riq o‘z-o‘zidan bo‘lmasligi bu turli sabablar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ortiqcha vazn
To‘satdan paydo bo‘lgan va o‘tib ketmaydigan og‘riq vazn me’yordan oshib ketgani va bu umurtqa pog‘onasiga og‘irlik qilayotganidan darak berishi mumkin.
Qadni tik tutish bilan bog‘liq muammo
Ko‘pincha og‘riqqa beye’tibor bo‘lish oqibatida qadni tik tutish bilan bog‘liq muammo yuzaga kelishi mumkin. Yoki aksincha, qomatni tik tutib yurmaslik oqibatida tana og‘irligi bo‘yin va umurtqani zo‘riqtirishi, o‘z vaqtida e’tibor berilmasa, buning oqibati yaxshi jiddiy kasalliklar bilan tugashi mumkin.
Mushaklarda muammo paydo bo‘lishi
Uzoq vaqt tik turganda yoki yurganda bel qismida og‘riq kuzatilishiga mushaklar tizimida muammo borligi sabab bo‘lishi mumkin. Oqibatda suyaklarga tana og‘irligi tushib, zo‘riqish kuzatiladi. Buning oldini olish uchun bel sohasidagi mushaklarni mustahkamlashga qaratilgan mashqlarni bajarish kerak.
Umurtqa pog‘onasi bilan bog‘liq muammo
Yoshingiz 40 dan yuqori bo‘lsa va 8-10 daqiqalik yurishdan keyin og‘riq, bosh aylanishi, bel va boldirlarda diskomfort umurtqa pog‘onasi stenoziga xos asosiy simptomlar bo‘lishi mumkin. Ushbu muammo jarrohlik amaliyoti yoki fizioterapiyadan darak berishi mumkin.
Ishias
Kuchli va bir yoki ikki oyoqqa o‘tib kuzatiladigan og‘riq qo‘ymich nervining yallig‘lanishi — ishiasdan darak berishi mumkin. Ushbu patologiya turli sabablar, masalan, umurtqa pog‘onasi stenozi tufayli kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.
Yelkalardagi diskomfort
Yelkalardagi diskomfort sabab qomatni tik tutishga qiynalish bunga esa adgeziv kapsulit — yelka suyaklarini shikastlab unda yallig‘lanish keltirib chiqaradigan jarayon sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu patologik jarayonda kuchli og‘riq va bo‘g‘inlar faoliyatining cheklanishi bilan namoyon bo‘ladi. Mutaxassislar adgeziv kapsulitning keltirib chiqaruvchi aniq sababni bilmaydi. Ammo taxminlarga ko‘ra bu autoimmun komponent bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Osteoporoz
Surunkali hisoblangan osteoporoz suyaklarda mineral moddalarining almashinuvi buzilishi oqibatida kelib chiqadi. Suyaklar mo‘rtlashishi, sinishi ham mumkin. Ilk bosqichda hech qanday belgi kuzatilmaydi boshqa belgilari odatda umurtqa pog‘onalarida bir nechta kompression yoriqlaridan keyin paydo bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar